Page 110 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 110

olinadi.  Ilg‘or  texnologiya  qo‘llansa,  150-200  s  pichan  etishtirish

              mumkin. Uch yil mobaynida mahalliy Xorazm bedasi bo‘yicha 549,1 s,
              Vaxsh  -233  navidan  645,1s,  Toshkent-721  navidan  607,4  s,  Uzgen–

              navidan 631,6 s, Toshkent-392 navidan 637,4 s pichan olingan. Lalmi

              yerlarda bedaning hosildorligi suv bilan ta’minlanishiga bog‘liq. Tog‘li
              zonada  bedadan  50-60  s,  tekislik-tepalik  zonasida  12-18  s  pichan

              yetishtirish mumkin.

                   Beda urug‘ining hosili seleksion navlarida 4-6 s/ga. Ishlab chiqarish
              sharoitida urug‘ hosili kam, o‘rtacha 0,8-1,5 s/ga.

                   O‘g‘itlash. Beda ko‘p o‘rimli o‘simlik bo‘lganligi uchun tuproqdan

              anchagina  oziq  moddalarni  olib  chiqib  ketadi.  Oziq  moddalar  yetarli
              bo‘lsa, beda yaxshi va tez o‘sadi. Beda etishtirishda organik va mineral

              o‘g‘itlardan  foydalaniladi.  Yer  haydashdan  oldin  organik  o‘g‘itlardan

              gektariga  10-15  t,  chirigan  go‘ng  solinganda  ko‘k  massa  30-  40%  ga
              oshadi.  Ko‘pincha  organik  o‘g‘it    o‘tmishdosh  o‘simlikka  solinadi.

              Bunda ham uning ta’siri sezilarli bo‘ladi.

                   Beda  dukkakli  o‘simlik  bo‘lgani  uchun,  unga  mineral  azot  ko‘p
              ishlatilmaydi,  chunki  beda  o‘zi  azot  to‘playdi,  shuning  uchun  bedaga

              ko‘proq fosforli va kaliyli o‘g‘itlar talab qilinadi. Dastlabki rivojlanish
              davrlarida  bedaning  fosforga  ehtiyoji  katta.  Bu  davrda  fosfor  yetarli

              bo‘lsa, keyingi davrlarda ham beda yaxshi rivojlanadi. Kaliyning ta’siri

              fosforga  nisbatan  kam,  shu  bois  birgalikda  qo‘llansa  natija  yaxshi
              bo‘ladi. Tuproq turi, unumdorligiga qarab gektariga 90-150 kg fosfor va

              50-100  g  kaliy  solish  tavsiya  qilinadi.  Bu  o‘g‘itlar  organik  o‘g‘itlarga

              qo‘shib  yoki  bir  qismi  ekishdan  oldin  va  o‘rimlardan  keyin  ham
              solinadi. Ikkinchi va uchinchi yilgi bedaga 60-90 kg fosfor va 30-45 kg

              kaliy solish mumkin.
                   Tuproq  unumdorligi  past  va  uninig  tarkibidagi  azot  yetarlicha

              bo‘lmasa  ekishdan  oldin  50  kg  azot  solinadi.  Bedani  parvarishlashda

              mikro  elementlardan  foydalanish  tavsiya  qilinadi,  ayniqsa,  mo‘libden,
              bo‘r, marganes. Mikro o‘g‘itlar boshqa mineral o‘g‘itlarga yoki uruqqa

              aralashtirilib solinadi. Mo‘libdenli o‘g‘it sifatida mo‘libdenli ammoniy,

              bo‘rli o‘g‘it sifatida 11% li sof bo‘r, 17% li bo‘rat kislotasi, marganesli
              o‘g‘it sifatida 14-16 % sof moddasi bo‘lgan marganesli shlak ishlatiladi.


                                                          110
   105   106   107   108   109   110   111   112   113   114   115