Page 107 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 107

OZUQABOP  EKINLARDA  ILMIY TADQIQOTLAR

                                                  OLIB BORISH


                   Chorvachilik  qishloq  xo‘jaligining  eng  muhim  tarmoqlaridan  biri

              bo‘lib,  aholini  go‘sht,  sut,  tuxum  va  boshqa  maxsulotlarga  bo‘lgan
              ehtiyojini      qondirishda        katta      ahamiyatga         ega.     Chorvachilikni

              rivojlantirish eng avvalo mustaxkam ozuqa bazasini yaratishga bog‘liq.

              Inson  o‘zuning  kundalik  ozuqa  ratsionida  oqsil,  uglevodlar  va
              minerallarga  bo‘lgan  ehtiyojining  qariyb  50%  ni  chorva  maxsulotlari

              hisobiga  qondiradi.  Shu  tufayli  chorvachilikni  rivojlantirish  bugungi

              kunda eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
                   Chorvachilikni rivojlantirish va mustaxkam ozuqa bazasini yaratish

              uchun ozuqa turlari va ozuqabop ekinlar klassifikatsiyasini mukammal

              bilishimiz  lozim.  Ozuqalar  o‘z  xususiyatlariga  ko‘ra:  dag‘al  ozuqalar,
              shirali ozuqalar, konsentrat ozuqalar, mineral va vitaminlarga bo‘linadi.

                   Ozuqalar  ichida  nisbatan  keng  tarqalgani  dag‘al  ozuqalar

              hisoblanadi.  Dag‘al  ozuqalar  tarkibida  10-40%  gacha  namlik,  60-90%
              gacha  quruq  massa  bo‘ladi.  Dag‘al  ozuqalaming  ozuqa  birligi  0,1-0,5

              gacha  bo‘lishi  mumkin.  Ozuqalar  ichida  shirali  ozuqalar  ham  muhim
              ahamiyatga  ega  bo‘lib,  bu  ozuqalar  sershiraligi,  vitaminlarga  bo‘yligi

              bilan  ajralib  turadi.  Shirali  ozuqalarga  ildizmevalar,  tuganakmevalar,

              silos  va  boshqa  turdagi  sershira  ozuqalar  kiradi.  Shirali  ozuqalar
              toyimliligi nisbatan past 0.1-0.4 bo‘lsada o‘z ahamiyati va o‘ziga xosligi

              bilan ajralib turadi va uning o‘mini xech qaysi ozuqalar toldira olmaydi.

                   Shirali  ozuqalar  tarkibida  60-90%  gacha  namlik  bo‘ladi.  Shirali
              ozuqalar  chorva  xayvonlari  ishtaxasini  ochadi,  modda  almashinuvini

              yaxshilaydi,  sog‘in  sigirlar  sutini  oshiradi.  Chorva  xayvonlar
              maxsuldorligini oshirishda shuningdek konsentrat ozuqalar muhim o‘rin

              tutadi. Konsentrat ozuqalar maxalliy tilda em -deb ataladi. Bu ozuqalar

              tarkibida  10-14  %  namlik  86-90%  quruq  modda  mavjud.  Konsentrat
              ozuqalar to‘yimliligi bilan ajralib turadi. Bu ozuqalaming ozuqa birligi

              0,7 va undan yuqori bo‘ladi. Masalan sulining ozuqa birligi 1,0 ga teng

              bo‘lsa,  bug‘doy  donining  ozuqa  birligi  1,12,  makkajo‘xori  donining
              ozuqa birligi esa 1,34 ga teng.


                                                          107
   102   103   104   105   106   107   108   109   110   111   112