Page 116 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 116
maydonlarida ma’lum bir tartibda orlib boriladi. Fenologik kuzatuvlarda
kuzatish ishlari 50-100 dona o‘simiikda olib borilsa, uchyotlarda esa
hisob ishlari maydon birligila 11,1 yoki 16,6 p/m olib boriladi.
Paxtachililkda quyidagi hisob ishlari (uchyotlar) olib boriladi:
• Ko‘chat qalinligining uchyoti, vegetatsiya boshida va oxirida olib
boriladi.
• Rivojlanish fazalari bo‘yicha uchyotlar (unib chiqish, chin barg
chiqarish, shonalash, gullash, pishish) har bir fazaning boshlanishidan
50 % dan ortiq o‘simiikda namoyon bo‘lguncha har 2-3 kun oralatib
davom ettiriladi.
• Begona o‘tlar uchyoti - begona o‘tlar bilan zararlanish
kuzatilganda va kerakli kurash choralari (agrotexnik, kimyovimy ) olib
borilganidan keyin.
• Xashoratlar bilan zararlanishini hisobga olish.
• Vilt bilan kasallanish bo‘yicha uchyot ishlari.
• Hosildorlik uchyoti.
O‘rtacha ko‘sak massalarini aniqlash. Ko‘sakning o‘rtacha
massasi deyilganda, o‘rtacha bir dona ochilgan ko‘sak paxtasining
og‘irligi tushuniladi. Ma’lumki, har gektar maydondagi ko‘chatlar soni
bir dona o‘simlikdagi mavjud ko‘saklar soni va o‘rtacha ko‘sak
massalarining ko‘paytmalari bir gektar maydondan olinadigan
hosildorlikni ko‘rsatadi. Hosildorlikni ta’minlovchi qaysi element orqali
amalga oshayotganligini aniqlash uchun ham hamma dala tajribalarida
o‘rtacha ko‘sak massasi aniqlaniladi. Agarda o‘rganilayotgan omil azotli
o‘g‘it bo‘lsa, shu azotli o‘g‘itning me’yorini o‘rganib, o‘rtacha ko‘sak
massasiga qanchalik ta’sir etishini bilish uchun, o‘rtacha ko‘sak massasi
o‘rganiladi. O‘rganilayotgan ushbu omil balki, o‘rtacha ko‘sak
massasiga ta’sir qilmasdan hosildorlikni o‘zgartiruvchi o‘simlikning
boshqa xususiyatlariga ta’sir qilishi mumkin. O‘rtacha ko‘sak massasi
har bir terimdan oldin ma’lum tayyorgarlik ko‘rilib, keyingina amalga
oshiriladi. Buning uchun har bir variantlarga yetadigan qilib, o‘rtacha
ko‘sak massasini aniqlash uchun olinadigan ko‘saklaming paxtasi
sig‘adigan darajada qopchalar hamda qalamlar tayyorlab qo‘yiladi.
116