Page 121 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 121

Tajribada olingan ma’lumotlarga ishlov berishning eng mukammal

              usullaridan biri sochilgan dispersion tahlildir.
                   Dala tajribalarida qo‘l bilan paxta hosilini terishda o‘rtacha ko‘sak

              massasini  aniqlash  uchun  namunalar  terib  olinadi.  Har  bir  variantdan

              terib  olingan  paxta  hosilini  hosildorligiga  aylantirishda  qo‘shib
              hisoblanilishi  uchun  namunaning  umumiy  sof  ogirligi  ham  aniqlab

              qo‘yiladi.  Paxta  hosilini  hisobga  olish  uchun  terimchilar  maxsus

              tushuntiruv  insotuktajdan  o‘tkazilib,  dala  tajribasining  mohiyati,
              ahamiyati,  olingan  mahsulotning  aniqlik  darajasi  va  uni  ishlab

              chiqarishda ahamiyati hamda terishda bajariladigan ishlar haqida batafsil

              aytib o‘tiladi. Har bir variant uchun alohida nomerlangan qog‘ozchalar
              tarqatiladi. Variant yoki qaytariqlardagi paxtani terib bo‘lib toroziga olib

              kelganda shu nomerlangan qog‘oz orqali variant yoki qaytariq aniqlanib,

              paxtaning  massasi  shu  variantdan  terib  olingan  paxta  hosiliga  qo‘shib
              qo‘yiladi.  Bu  vazifalar  ilmiy  xodim  yoki  diplomatlar  tomonidan

              bajariladi va nazorat qilinadi.

                   Terib olingan paxtaning miqdorini yozish uchun alohida dala daftari
              oldindan  tayyorlab  qoyiladi.  Bu  daftar  quyidagi  jadval  ko‘rinishida

              to‘ldiriladi. (23-jadval) terim kuni - 20.09.2012 terim soni -1
                                                                                               23-jadval

                                          Paxta hosilini hisobga olish




                  Qaytariq I;   Variant I;   Terimchi I;   Terimchining I.F.SH.   Etak og‘irligi yuksiz   Пaxta etak bilan   og‘irligi   Sof paxta og‘irligi kg   O‘rtacha ko‘sak   massasi aniq paxta   gr.   Paxtaning jami   og‘irligi gr   Aylantirish   koeffitsienti   Hosildorlik s/ga










               1     1    1     Axmedova Z.               0,5  24,0  23,5  0,5  24,0  41,7  10,0






                   Har  terimdan  keyin  terib  olingan  paxta  hosilini  hosildorlikga

              aylantirishda asosan ikki usuldan foydalaniladi.

                   1. Proporsiya yo‘li bilan.
                   2. Aylantirish koeffitsientini topish yo‘li bilan.

                                                          121
   116   117   118   119   120   121   122   123   124   125   126