Page 134 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 134

o‘xshamaydi,  bir  yili  bahor  erta  kelib  dehqonchilik  vaqtli  boshlanadi.

              Boshqa  yili  esa  qish  cho‘zilib  ketib  chigitlar  dalaga  kech  ekiladi.
              Bunday holatlarda g‘o‘zaning rivojlanish davriarida (faza) farqlar katta

              bo‘ladi.  Shu  sababdan  azotli  o‘g‘itlarni  har  yili  bir  xil  kalendar

              muddatlarda  qo‘llash  agrotexnik  va  agrokimyoviy  nuqtaiy  nazardan
              to‘g‘ri  kelmaydi.    Agar  azot  oziqasi  kech  muddatlarda  ya’ni,  gullash

              boshlangandan  25-30  kundan  so‘ng  solinsa,  g‘o‘zani  “g‘ovlab

              ketishi”ga,  hosil  miqdorining  kamayishi  va  pishishining  kechikishiga
              sabab bo‘ladi.

                   Shu o‘rinda bir faktga aniqlik kiritish o‘rinli bo‘ladi. Ya’ni, g‘o‘za

              gullashining  birinchi  kunini  qanday  aniqlash  mumkin.  Bunda  g‘o‘za
              maydonidagi  tuplarning  50%  i  bittadan  gul  ko‘rsatgan  kunidan

              boshlanadi.

                   G‘o‘zaga  fosforli  o‘g‘itlarni  qo‘llash. Fosfor o‘simliklar hayotida
              muhim  ahamiyatga  ega.  U  bevosita  o‘simliklar  tarkibidagi  nuklein

              kislotalar  (RNK  va  DNK),  fosfatidlar,  fitin,  qandli  fosfatlar  tarkibiga

              kiradi.  G‘o‘za  tarkibida  organik  shakldagi  fosfordan  tashqari  ozroq
              miqdorda noorganik fosfatlar  ham uchraydi. O‘simlik fosforli o‘g‘itlar

              bilan  yuqori  me’yorda  oziqlantirilsa,  uning  barglari,  poyasi  va

              shoxlarida noorganik fosfor miqdori ko‘payadi.
                   Noorganik fosfor ham organik fosfor kabi g‘o‘za hayotida muhim

              o‘rin tutadi. Ilmiy izlanishlarning natijalariga qaraganda o‘simliklarning

              azot  bilan  oziqlanishida  fosfor  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Agar
              oziqlanish  muhitida  azot  bilan  fosfor  ma’lum  nisbatda  bo‘lmasa,

              o‘simlikda modda almashinuv jarayoni keskin buziladi.

                   Tabiiy sharoitda fosforning turli xil mineral va organik birikmalari
              uchraydi.  Lekin  o‘simliklar  uchun  asosan  ortofosfat  kislota  tuzlari

              foydalidir. Bu kislotaning kalsiy, magniy va yana ayrim kationlar bilan

              hosil  qilgan  tuzlari,  hamda  metavapirofosfatlar  o‘simliklar  tomonidan
              o‘zlashtirilish         aniqlangan.           O‘zbekistonning              sug‘oriladigan

              tuproqlaridagi  fosfor  miqdori  boshqa  mintaqalar  tuproqlariga  nisbatan

              ko‘p  bo‘lib  0,1-0,3  foizni  tashkil  qiladi.  Lekin  bu  fosforning  asosiy
              qismi      suvda       erimaydigan         va     o‘simliklar        tomonidan         qiyin

              o‘zlashtiriladigan shakldadir.

                                                          134
   129   130   131   132   133   134   135   136   137   138   139