Page 136 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 136
viloyatlarida maxsus agrokimyo labaratoriyalari mavjud bo‘lib, ular
fermerlar uyushmalari tuproqlarining agrokimyoviy xaritanomalarini
tuzish bilan shug‘ullanadi. Fermerlar mazkur xaritanomalardagi
ma‘lumotlardan foydalanib, fosforli o‘g‘itlarning aniq meyorlarini
belgilab oladilar.
Shu yo‘nalishdagi ilk ishlar o‘tgan asrning 50-yillarida Respublika
tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institute olimlari
tomonidan Toshkent viloyati Yangi yo‘l tumani xo‘jaliklari
tuproqlarining agrokimyoviy xaritanomalarini tuzishdan boshlangan.
Tuproqlardagi xarakatchan fosforning miqdori qator omillar ta’sirida
o‘zgaradi. Aniqlanishicha, bitta tipga xos tuproqlar ham tarkibidagi
xarakatchan fosfor miqdori bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Xarakatchan
fosfor miqdoriga ayniqsa, agrofon va o‘zlashtirish muddati kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Shakllanishi va rivojlanishi nuqtai nazaridan tarkibidagi
xarakatchan fosfor miqdorining kamayib boorishi hisobiga tuproqlarni
quyidagi tartibda joylashtirish mumkin:
Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sug‘oriladigan och tusli bo‘z
tuproqlar tipik bo‘z tuproqlar mintaqasining o‘tloqi tuproqlari och
tusli bo‘z tuproqlar mintaqasining o‘tloqi va o‘tloqi-botqoq tuproqlari
surtusli qo‘ng‘ir tuproqlar.
Respublikamizning agrokimyo xizmati muassasalari tomonidan
sug‘oriladigan maydon tuproqlarining agrokimyoviy xossalari
muntazam ravishda o‘rganilgan. 2009 - yilda amalga oshirilgan
tekshirishlarning natijalariga qaraganda, xarakatchan fosfor bilan past
darajada ta’minlangan maydonlar (0-30 mg/kg) 67.5 foizni, o‘rtacha
ta’minlangan maydonlar (31-45 mg/kg) 29.0 foizni tashkil qilgan.
Yuqori darajada ta’minlangan maydonlar xissasiga 3.5 foiz to‘g‘ri
kelgan. Vaqt o‘tishi bilan amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar
ta’sirida tuproqlarning xarakatchan fosfor bilan ta’minlanishi ijobiy va
salbiy tomonga siljiydi.
Tuproqlarning fosfat rejimiga ular tarkibidagi karbonatlardan
tashqari oson eriydigan tuzlarning turlari va tiplari kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Respublikamizdagi sug‘oriladigan tuproqlarning 60-70 foizi
u yoki bu darajada sho‘rlangan bo‘lib, sho‘rlanish ta’sirida hosildorlik
136

