Page 141 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 141
G‘o‘zaga fosforli o‘g‘it yillik meyorini asosiy qismi shudgorlashda
beriladi. Buni quyidagicha izohlash mumkin: birinchidan, bo‘z
tuproqlarda, o‘tloqi tuproqlarda ham, o‘g‘it tarkibidagi fosfor tezda qiyin
eriydigan kalsiy fosfatlarga aylanadi. Ikkinchidan, nihollar unib
chiqqandan keyin qisqa muddatda (10-12 kunichida) g‘o‘zaning asosiy
ildizi tuproqning 40-50 sm chuqurligiga tushib ulgiradi. Shuning uchun
ham kuzgi shudgor paytida yerni 30-35 sm chuqurlikda haydash
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Qo‘llanilayotgan fosforli o‘g‘itlarning
samaradorligi tuproqdagi harakatchan shakldagi fosfatlar miqdoriga
bevosita bog‘liq. Harakatchan fosfor miqdori bo‘yicha tuzilgan
agrokimyoviy xaritanomalarning ma‘lumotlari asosida fosforning
tabaqalashtirilgan me’yorini belgilash sezilarli iqtisodiy samaradorlikka
erishish imkonini beradi. Shuningdek, fosforli o‘g‘itlar me’yorini
belgilashda rejalashtirilgan paxta hosili miqdorini hisobga olish muhim
ahamiyatga ega. Bunda bir s chigitli paxta uchun fosfor sarfi 1,5 kg deb
qabul qilinadi. Tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori 15 mg/kg dan
kam bo‘lganda, g‘o‘zaga belgilangan yillik fosfor me’yori uchta
muddatda beriladi: shudgor ostiga, ekish bilan va gullash davrida
qo‘shimcha oziqlantirish sifatida.(19- jadval)
Respublika paxtachilik institutida g‘o‘zaga fosforli o‘g‘itni ekish
bilan birga qo‘llash bo‘yicha turli tuproq sharoitlarida 100 dan ortiq
tajriba o‘tkazilgan. Tajribalardan olingan natijalar ushbu tadbir asosida
paxtadan o‘rtacha 2,5-3,0 s/ga qo‘shimcha hosil olish imkoniyati
mavjudligini ko‘rsatgan. Harakatchan fosfor miqdori 16-30 mg/kg
atrofida bo‘lganda fosforning yillik me’yori ikki muddatda; shudgor
ostiga va ekish bilan birga solinishi maqsadga muvofiq. Harakatchan
fosfor bilan o‘rtacha va undan yuqori darajada ta’minlangan tuproqlarda
( bir kg tuproqda 31 mg dan ko‘p) fosforning yillik meyori to‘laligicha
kuzgi shudgorostiga solinsa, yaxshi iqtisodiy samara beradi (25-jadval).
25-jadval
141