Page 144 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 144
101-200 mg/kg kam;
201 - 300 mg/kg o‘rtacha;
301- 400 mg/kg ko‘p;
400 mg/kg dan < juda ko‘p.
Kaliyli o‘g‘itlarning yillik me’yori kam bo‘lgan hollarda,
to‘laligicha shonalash yoki gullash davrlarida qo‘shimcha oziqlantirish
sifatida qo‘llaniladi, yuqori me’yorda bo‘lsa, yarmi kuzgi shudgor
ostiga, qolgan yarmi esa shonalash davrida tuproqqa solinadi. G‘o‘za
qator oralariga ishlov berish vaqtida qo‘shimcha oziq sifatida
beriladigan kaliyni mumkin qadar tuproqning chuqurroq qatlamlariga
tushishiga erishish lozim. Kaliyli o‘g‘itlarni samarasini yuqori bo‘lishida
uning qo‘llash muddatlari alohida ahamiyatga ega. Eng ma’qul qo‘llash
muddatlari o‘g‘itni bir marta shudgorlashda emas, balki uning yillik
me’yori o‘rtacha 60 kg/ga K2O bo‘lganida yarmini shudgorlashda,
qolgan yarmini esa gullashda qo‘llash yuqori samara beradi.
Kaliyli o‘g‘itlarni bahorda faqatgina qumli va qumoq tuproqlarga,
shuningdek, sho‘ri yuvilgan tuproqlarga qo‘llash mumkin. Azotning
kaliyga nisbatini (N:K) alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Bunda azotning
yillik me’yorini kaliyga nisbati 1:0.3 va 1:0.5 bo‘lishi hosildorlikda
yaxshi natijalarga erishiladi. Azotning kaliyga nisbati mos ravishda 1:0.3
bo‘lishi tipik va och tusli bo‘z tuproqlarda yaxshi natija beradi, 1:0.5
nisbat esa to‘q tusli o‘tloqi va o‘tloqi botqoq tuproqlar uchun mos
keladi.
G‘o‘zaga mikro o‘g‘itlarni qo‘llash. Xozirgi kunda kimyo
sanoatida mikro elementlarni makro o‘g‘itlar tarkibiga qo‘shib ishlab
chiqarilayapti. Bu esa mikro o‘g‘itlarni dalaga o‘g‘it sepish texnikalari
yordamida qo‘llash imkonini beradi. Mikro o‘g‘itlarning g‘o‘za hosiliga
ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab tajribalar o‘tkazilgan. Tajribalardan
aniqlanishicha mikroelementlar g‘o‘za hosilini oshirishda muhim
ahamiyatga ega. (27-jadval)
144