Page 149 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 149
Birinchi suspenziya g‘o‘za 1-2 chin barg chiqarganda o‘tkaziladi.
Umuman xamma suspenziyalarni ertalab va kechga tomon havo harorati
0
20-25 S dan oshmagan paytda sepish kerak. Havo salqin va bulutli
kunlarda suspenziyani kun davomida sepish mumkin. Yomg‘ir
yog‘ayotgan paytda suspenziya sepish mumkin emas, chunki undagi
oziqa moddalar yuvilib, o‘g‘itlarning samarasi pasayib ketadi.
Bir gektar maydonga yetadigan onalik (matochniy) tayyorlash
0
uchun 50 litrli idishdagi iliq (50-60 S) suvda fizik holda superfos yoki
oddiy superfosfat 6 kg me’yorida solib eritiladi. Ikkinchi 50 litrlik
idishda suvda fizik holda 5 kg karbamid eritiladi, keyin esa ikkala
eritmani 100 litrlik idishga quyib yaxshilab aralashtirilib, onalik eritmasi
tayyorlanadi. Tayyorlangan eritmaning konsentratsiyasi tavsiya
etilganidan yuqori bo‘lsa, u yosh nihollarni kuydirishi mumkin, aksincha
me’yori past bo‘lsa, samarasi sezilmaydi. Agar tayyorlangan
suspenziyaning konsentratsiyasiga nisbatan sizda shubha paydo bo‘lsa, u
holda daladagi g‘o‘za nihollaridan 2-3 tupiga suspenziyani sepish va
ertasi kuni o‘sha nihollarni ko‘zdan kechirish kerak. Agar ko‘chatlarning
barglarida kuyish, so‘lish yoki dog‘lanish alomatlari sezilmasa demak,
suspenziyaning konsentratsiyasi to‘g‘ri tayyorlangan va u ishlatish
uchun yaroqli hisoblanadi.
Suspenziya sepishda GPS moslamalaridan foydalanish yaxshi natija
beradi. Purkagichlarga o‘rnatilgan bochkalarga 80-100 litr toza suv va
100 litr maxsus tayyorlangan onalik (matochniy) eritmasi quyiladi.
Bir gektar maydonga 180-200 litr suyuqlikni sarflash uchun
nasosdagi monometrlar ko‘rsatkichi kultivatorning yurish tezligiga
moslashtiriladi.Bunda har gektariga 180-200 litrdan kam suyuqlik
sarflanishi kutilgan natija bermaydi. Birinchi suspenziyani faqat
shtangali purkagichlarda sepish yaxshi natija beradi.
Ikkinchi suspeziya g‘o‘za 5-6 chin barg chiqarganida sepilsa,
o‘simliklarning jadal o‘sishi va rivojlanishini ta’minlanadi hamda har xil
ekstremal sharoit va zararkunandalarga bardoshligi ortadi.
Bunda bir gektar maydonga etadigan onalik eritma tayyorlash uchun
fizik holda suprefos yoki oddiy superfosfat 8 kg, karbamid 6 kg
miqdorda qo‘llaniladi. Suspenziya OVX apparatida sepiladi. Eritmani
149