Page 151 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 151
kengligi, suyuqlik bosimi va sarfini rostlash, halqachalar (nakonechnik)
diametrini tanlash hamda ularni to‘g‘ri o‘rnatish, filtrlar tozaligini
ta‘minlash eng muhim jihatlardan biridir.
Purkagichlar bilan suspenziya sepishda 25-30sm dan keng
bo‘lmagan qamrovini ta‘minlash zarur. Buning uchun albatta shtangali
purkagichlar qo‘llash tavsiya etiladi.
Suspenziya yoppasiga OVX purkagichlarida sepilsa, ularni to‘g‘ri
sozlashga katta e’tibor qaratish talab etiladi.
Sepilayotgan suyuqlik qanchalik mayda tomchilardan iborat bo‘lsa,
uning sifati va samarasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bunga halqachalarni
to‘g‘ri o‘rnatib, suyuqlikni 2-4 atmosfera bosimi ostida sepish orqali
erishiladi. Bosim ushbu meyordan pasayib ketsa, suyuqlik belgilangan
masofaga yetib bormaydi hamda barglarni to‘liq va bir tekis
qoplamaydi.
Traktor tezligini g‘o‘za rivojiga qarab tanlash zarur. Bo‘yi o‘rtacha
(25-30 sm) o‘sgan g‘o‘za maydonlarida traktorlarning tezligi 6,3-7
km/soat , nisbatan balandroq (30-40 sm) bo‘yli maydonlarda esa 5,3-6,5
km/soat bo‘lishi kerak.
OVX apparati to‘g‘ri sozlangan bo‘lsa-da, traktor g‘ildiraklaridagi
havo bosimi har xil bo‘lsa, traktorning ikki tomonidagi g‘o‘zalarga
suyuqlik ikki xil sepiladi. Shuning uchun traktorlar oldingi shinalari
bosimi 1,6 atm., orqa shinalariniki esa 1,1 atm. bo‘lishi kerak.
Soploni yerdan g‘o‘za rivojiga qarab 1-1,2 va keyinchalik 1,2-1,5
metr balandlikka o‘rnatish, o‘qidan 10-12 daraja (gradus) ga yotiq
xolatiga keltirish talab etiladi, bunda suyuqlik havo oqimi bilan
g‘o‘zaning barcha qismiga to‘liq purkaladi.
Purkagichning burilish burchagi ham qamrov kengligiga ta‘sir etadi.
Burilish burchagi past rivojlangan g‘o‘zalarda 180, o‘rtacha g‘o‘zalarda
160 va kuchli rivojlangan g‘o‘zalarda 140 gradusni tashkil qilishi hamda
har ikki tomonda bir xil bo‘lishik erak.
G‘o‘zaga organik o‘g‘itlarni qo‘llash. G‘o‘zani oziq moddalari
bilan ta’minlashda mahalliy o‘g‘itlarning ahamiyati katta. Mahalliy
o‘g‘itlar ichida go‘ng, kompostlar va najas-tuproqli o‘g‘itlar alohida
o‘rin tutadi. Go‘ng tarkibida azot, fosfor va kaliydan tashqari ko‘p
151