Page 152 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 152

miqdorda  uglerod  hamda  kamroq  miqdorda  mikroelementlar  mavjud.

              Tuproqqa solingan go‘ng tezda mikroorganizmlar ta‘sirida parchalanadi.
              Uning  tarkibidagi  uglerod  oksidlanib,  karbonat  kislotani  hosil  qiladi,

              qaysiki  o‘z  navbatida  tuproq  fosfatlarining  eruvchanligini  oshirib,

              o‘simliklarning  oziqlanishi  uchun  layoqatli  shaklga  o‘tkazib  beradi.
              Uglerodning bir qismi yana mikroorganizmlar ta’sirida tuproq chirindisi

              tarkibiga o‘tadi. Qishloq xo‘jalik ekinlariga go‘ngni chala chirigan yoki

              kompost holida qo‘llash lozim.
                   Go‘ng bilan birinchi navbatda qadimdan dehqonchilik qilinayotgan

              maydonlar o‘g‘itlanadi. Tuproqqa solinadigan go‘ngning o‘rtacha yillik

              meyori  gektariga  15-20  tonna  qilib  belgilangan.  U  yuza  ko‘milgan
              paytda  tarkibidagi  uglerod  va  azotning  asosiy  qismi  uchib  ketadi.

              Go‘ngni  mineral  o‘g‘itlar  bilan  birgalikda  qo‘llash  sezilarli  darajada

              yuqori  hosil  olish  imkonini  beradi.  Mahalliy  o‘g‘it  sifatida
              xojatxonalardan  olinadigan  najasni  ham  ishlatish  mumkin.  Lekin  uni

              ishlatishdan oldin albatta kompostlash lozim. Kompostlanmagan najasni

              sharbat  qilib  oqizish  sanitariya  nuqtai-nazardan  maqsadga  muvofiq
              emas.

                   Ko‘kat o‘g‘itlar.Tuproq unumdorligini oshirish maqsadida organik
              va  mineral  o‘g‘itlar  meyorini  oshirish  bilan  bir  qatorda  ko‘kat

              o‘g‘itlardan  foydalanish  eng  yaxshi  samara  beradi.  Ko‘kat  o‘g‘itlar

              tuproqni chirindiga boyitadi, uning fizikaviy xususiyatlarini yaxshilaydi.
              Surunkasiga  g‘o‘za  o‘stirilgan  dalalarda  ham  ko‘kat  o‘g‘itlardan

              foydalanilganda hosildorlik gektar boshiga 7,3 s oshgan.

                   Ko‘kat  o‘g‘it  sifatda  ko‘k  no‘xat,  no‘xat,  burchoq,  mosh,
              qizilsebarga,  shabdar  (eron  bedasi)  kabi  dukkakli  ekinlar,

              shuningdek, kuzgi javdar, raps, xantal kabilar ekiladi.
                   Bakterial preparatlar. Bakteriyalari kki xil bo‘lib: tuproqda erkin

              yashaydiganlarini  azotabakter  (azotabakterin)  va  dukkakli  ekinlari

              ldizida yashaydiganlarini esa tugunak bakteriyalar (nitragin) deyiladi.
                   Azota  bakterin  sho‘rlanmagan  o‘tloq,  o‘tloqi-botqoq,  shuningdek,

              bo‘z  tuproqli  yerlarda  go‘ng  solingandan  keyin  berilsa  paxtadan  1-3 s

              qo‘shimcha  hosil  olish  mumkin.  Nitraginni  qo‘llash  dukkakli  ekinlar
              hosilini 10-15% va bundan ham ko‘proq oshiradi.


                                                          152
   147   148   149   150   151   152   153   154   155   156   157