Page 153 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 153
Ayniqsa urug‘larni shu o‘g‘it bilan ishlayotganda va ekish
vaqtida unga quyosh nuri tushmasligi shart, aks holda uning nafi
bo‘lmaydi. Bakterial o‘g‘itlar tayyor holda idishlarga solinib
xo‘jaliklarga yuboriladi. Bu niishlatishdan 1-2 soat oldin bitta
idishdagisi 3 l suvda suyultiriladi va urug‘lar 5-10 sm qalinlikda
yoyilib ustiga chelakda sepiladi, keyin qorishtiriladi, biroz
shamo‘llatilgandan so‘ng urug‘ni ekishga kirishiladi.
Agarda xo‘jalikda nitragin bo‘lmasa, buzilgan beda-poya
tuprog‘idan 300—500 kg olib uni RUM o‘g‘itlagich bilan bir gektar erga
ekish oldidan sepish yo‘li bilan paykalga tuganak bakteriyalar yuqtirish
mumkin. Bu tadbir zarurat bo‘lgan taqdirdagina qo‘llaniladi.
Nazorat topshiriqlari
1. G‘o‘zaga azotli o‘g‘itlarni qo‘llash usullari?
2. G‘o‘zaga beriladigan azotli o‘g‘itlar meyori qanday hisoblab
topiladi?
3. Serkarbonat tuproqlar tarkibidagi xarakatchan fosfor miqdorini
qanday aniqlash mumkun?
4. Tuproqlarning almashinuvchan kaliy (K2O) bilan taminlanganlik
darajasini izohlab bering
5. Mikroo‘g‘itlarning paxta hosiliga ta‘siri qanday?
6. Rux va mis mikroo‘g‘itlarning paxta hosiliga ta’siri qanday?
7. Barg orqali oziqlantirish deganda nimani tushunasiz?
0
8. Havo harorati necha C bo‘lganda suspenziya sepishga ruhsat
beriladi?
9. Ko‘kat o‘g‘itlardan foydalanishning g‘o‘a hosildorligiga ta’siri
10. Tuproqda erkin yashaydigan bakteriyalar qanday nomlanadi?
11. Dukkakli ekinlari ldizida yashaydigan bakteriyalar qanday
nomlanadi?
153