Page 154 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 154

BOG‘DORCHILIKDA DALA TAJRIBASI O‘TKAZISH

                                                   USLUBLARI


                   Bog‘dorchilikda  ot’kaziladigan  dala  tajribalari  ham  ochiq  joyda

              otkazilishi va dalada olib boriladigan tajribalar singari har xil omillarga
              (kosmik  va  yer)  bo‘lgan  talablar  o‘rganilganligi  uchun  ham  dala

              tajribalarga ko‘p jihatdan o‘xshashdir.

                   Ularning farqlari esa dalada asosan bir yillik, va qisman ko‘p yillik
              qishloq  xo‘jalik  ekinlari  ustida  olib  borilgan,  bog‘dorchilikda  esa  dala

              tajribalar har xil turdagi meva daraxtlari va uzumlar ustida olib boriladi.

              Dalada  olib  boriladigan  tajribalarda  tuproqlar  tarkibining  farq  qilishi
              hisobiga  tajribadan  olingan  ma’lumotlarda  xatoliklar  kelib  chiqsa,

              bog‘dorchilikda  esa  hisobga  olinadigan  daraxtlar  yoki  uzumlarning

              individual  holatda  keskin  farq  qilishi  hisobiga  har  xil  me’yordagi
              xatoliklar  kelib  chiqadi.  Bog‘dorchilikda  dala  tajribalari  olib  borish

              uchun tajriba maydonining oxirgi uch yoki besh yildagi tarixini, tuproq

              va  iqlim  sharoitini,  relefmi,  sizot  suv  chuqurligini  hamda  shamo‘l
              yo‘nalishini va himoyalanganligini har tomonlama mukammal o‘rganish

              kerak. Ayniqsa, mevaga kirgan daraxtlaming hosidorligi va holati aniq
              hisobga  olinishi  lozim.  Bog‘dorchilikda  dala  tajribaning  elementlari,

              ya’ni  variant  va  qaytariqlaming  soni,  katta-kichikligi  hamda

              variantlardagi daraxtning soni tajriba maydonining katta yoki kichikligi
              kabi  ko‘chatlar,  tajribaning  maqsadiga  va  tajriba  otkaziladigan

              maydonning katta-kichikligiga, tuproq va iqlim sharoitiga bog‘liq.

                   Bog‘dorchilikda  dala  tajribalari  asosan  ikki  xil  muhitda  olib
              boriladi:

                   1. Yangi tashkil qilingan bog‘larda.
                   2. Eskitdan tashkil qilingan bog‘larda.

                   Yangi tashkil qilingan bog‘larda dala tajribalari o‘tkazishdan oldin

              yangi ekilgan daraxtlarni bir xilligini ta’minlash uchun har xil tadbirlar
              o‘tkaziladi. Buning uchun ekiladigan daraxtlar shu soha bo‘yicha tajriba

              markazining  ko‘chatzorlarida  yetishtirilishi  va  bir  xilda  parvarish

              qilinishi kerak. Buning uchun onalik materialidan boshlab tanlab ish olib
              boriladi.  Ko‘chat  ekib  olib  boriladigan  dala  tajribalarida  maydonning


                                                          154
   149   150   151   152   153   154   155   156   157   158   159