Page 155 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 155
tarixi va unumdorlik darajasining bir xilligi to‘g‘risida aniq ma‘lumotga
ega bo‘lgandan keyingina tajribani boshlash kerak. Bog‘dorchilikda olib
boriladigan tajribalarda dalachilikdagi tajribalarga nisbatan tuproqqa
ishlov berish ko‘p jihatdan farq qiladi.
Tajriba maydonlariga ko‘chat ekishdan oldin 45-70 sm gacha
plantaj pluglarda tekist qilinib shudgor qilinadi. Shudgor oldidan
ma’danli (mineral) o‘g‘it meyorining bir qismini berish rejalashtirilgan
bo‘lsa, shudgor oldidan mineral yoki organik o‘g‘itlar berilib keyin
shudgor qilinadi, yaxshilab tekislanadi. Keyin esa qiyalik darajasini bir
xil qilish maqsadida dalaning tuprog‘i yaxshilab tekistlanadi.
Yangi ekiladigan ko‘chatlar ham quyidagi talablarga javob berishi
zarur: hamma ko‘chatlar shu mintaqa uchun moslashgan ya’ni tipiklilik
xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Ko‘chat navlari va ularning yoshlari bir
xil bo‘lishini ta’minlash zarur. Ekiladigan ko‘chatlaming bir-biridan
farqi 15-20% dan oshmasligi kerak. Ko‘chat ekilguncha oxirgi yillardagi
olib borilgan agartexnik tadbirlami bir hilligini ta’minlash dala tajriba
maydonining tuprog‘i 2-3 metrgacha har 20 sm qatlamdan alohida-
alohida tuproq namunasi olinib, ozuqa elementlari miqdori analiz yo‘li
bilan aniqlanadi. Ko‘chat va daraxtlar tanasining ko‘ndalang kesimi
diametri yoki aylana uzunligi boyicha tajriba uchun asosiy ko‘rsatkich
bo‘lib hisoblanadi. Mevaga kirgan daraxtlarda esa ko‘rsatkichdan bir oz
chetga chiqishga to‘g‘ri keladi. Lekin tananing yo‘g‘onligi bilan
hosildorlik o‘rtasida baribir to‘g‘ri korrelyativ bogliqlik saqlanib qoladi.
Olma daraxtining naviga qarab hosildorlikda variatsial koeffitsenti
40-50% tananing yo‘g‘onligida esa 10-20% ga teng bo‘ladi. Shuning
uchun ham olma va boshqa daraxtlarning oxirgi ikki yildagi hosildorligi
taxminiy hisob-kitob qilinadi, ya’ni bir yildagi hosildorlik bilan xulosa
qilish xatolikka olib keladi. Agarda variant va qaytariqlar sonining
ortishi hisobiga maydon kengayib ketsa, u holda tabiatni bir xil
variantlar o‘rtasida ham farqlar chiqib, xatoliklar miqdori ortib ketishi
mumkin. Bunda variantlar sonini kamaytirishga to‘g‘ri keladi.
Tajriba uchun tanlangan maydonning unumdorlik darajasini bir
xilligiga qarab, variant va qaytariqlar soni hamda shu bilan birga bitta
variantdagi daraxt va maysalar sonlari ham belgilanadi. Maydonning
155