Page 159 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 159
VEGITATSION TAJRIBA. ULAR OLDIGA QO‘YILGAN
TALABLAR VA O‘TKAZISH USULLARI
Agrokimyoda ilmiy tadqiqotlar olib borishda “Vegitatsion
tajribalar” muhim o‘rin tutadi. Vegitatsion tajribalar ko‘proq nazariy
ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy tadqiqotlarni olib borish uchun
mo‘ljallangan. Bu tadqiqotlar olib borish natijasida o‘simlikda
kechadigan muhim fiziologik jarayonlarning kechishi, o‘sish va
rivojlanish jarayonlarining dinamikasi ilmiy asosda o‘rganiladi.
“Vegitatsiya” so‘zi yunoncha “Wegetito” so‘zidan olingan bo‘lib,
o‘sish va ko‘karish degan ma’noni bildiradi.
“Vegettasion tajriba usullari” yoki “vegitatsion ilmiy tekshirish”
usullari deganda o‘simliklarni kichik idishlarda yoki kuchli sovuq va
issiq, shamol va yomg‘irdan asraydigan maxsus uylarda o‘stirish
tushuniladi. Shunga ko‘ra vegitatsion tajribalarning bir qancha turlari
mavjud. Masalan:
1. Qumda o‘stirish usuli
2. Toshda o‘stirish usuli
3. Suvli sharoitda ustirish usuli
4. Tuproqli sharoitda o‘stirish usuli
Akademik D.N.Pryanishnikov o‘z ilmiy ishlarida vegitatsion
tadqiqotlarning ahamiyatini quydagicha baholaydi. “Dala tajribalarining
vazifasi bugungi kunda mineral o‘g‘itlarni dala sharoitida qo‘llanish
ko‘lamini o‘rganishdan iborat bo‘lgan bir vaqtda, vegitatsion
tajribalarning asosiy vazifasi o‘simlik uchun qulay sharoit yaratishda har
bir alohida olingan omillarni o‘rganish, o‘simlikda kechadigan
jarayonlarning mohiyatini oshirishdan iborat”.
Fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqotlar, mikro elementlar,
mikroo‘g‘itlar, izotoplar, mikroorganizmlar bilan bog‘liq tadqiqotlar,
kam miqdorda bo‘lgan noyob preparatlar bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar
vegitatsion tajribalarda olib boriladi.
Vegitatsion tajribalarda o‘simlikka ta’sir ko‘rsatuvchi har bir
xodisaga alohida yondashish va o‘rganish imkoniyatlari mavjud.
159