Page 161 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 161
8 Kartoshka 25x30 35x30 7-8
9 Sabzi 25x20 20x20 5-6
10 Piyoz 25x20 20x20 4-5
11 Bodring 25x30 25x25 5-6
12 Baqlajon 25x30 35x25 6-8
13 Rediska 25x20 20x20 4-5
Izoh: Birinchi berilgan son idishning (sosud) diametri, ikkinchi son
esa uning balandligini ko‘rsatadi.
vegitatsion sosud 20x20 bo‘lsa, 6-8 kg tuproq solinadi
30x30 bo‘lsa unda 22-26 kg tuproq solinadi
25x25 bo‘lganda esa 15-20 kg tuproq solinadi
Tajriba idishlariga (vegitatsion sosudlar) to‘ldirish uchun odatda
haydalma qatlam tuprog‘i olinadi. Tuproqni tajriba idishlariga
to‘ldirishdan oldin, ular yaxshilab ildiz qoldiqlari, tosh va boshqa
narsalardan tozalash maqsadida ko‘zlari ikki santimetr bo‘lgan
elaklardan o‘tkaziladi.
G‘o‘za bilan vigitatsion tajriba olib borish uchun 20 kg chamasi
tuproq sig‘adigan, balandligi 32 sm va diametri 29 sm keladigan
idishlardan foydalaniladi.
Idishlar rux yugurtirilgan, zanglamaydigan tunikadan tayyorlanadi.
Idishning tashqi tomoni och rangli bo‘yoq bilan bo‘yaladi, ichki tomoni
ham bo‘yalib tepasidan domir laki yoki butum surkaladi. Har safar
tuproq to‘ldirishdan oldin idish yaxshilab yuvilib, ichki tomoni
laklanadi.
O‘simliklarni sug‘orish uchun har qaysi idishda diametri taxminan 2
sm li, nay idish devoriga qiya holda qilib payvandlanadi yoki tuproq
to‘ldirish vaqtida idish ichiga quyib qo‘yiladi.
Nayning yuqori tomoni idishdan 3-5 sm chiqib tursa, pastki ikkinchi
tomoni esa idishning pastiga teskari qilib yopib qo‘yilgan
teshikchalardan iborat bo‘lgan tunuka tarnovchaga tekkazib qo‘yiladi.
Tarnovlarni pastki tomonida esa 2-3 kg og‘irlikda yaxshilab yuvilgan,
yirik qum yoki mayda tosh solinadi. Bu toshlar qo‘yilgan suvlarni
yuqoridagi tuproqlarga teng taqsimlanishini ta’minlaganligi uchun
drenaj deb ataladi.
161