Page 164 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 164
tortiladi, o‘zgarmas og‘irligidan kamaygan og‘irligi suv bilan
to‘ldiriladi. Idishni torozida tortganimizda 28,5 kg kelgan bo‘lsa 30-28,5
=1,5 kg suv quyib o‘zgarmas og‘irligiga keltiriladi va undan keyin suv
sarfi yoziladi.
Ekish oldidan tajriba idishlariga nay orqali suv quyib, idishdagi
tuproq pastdan namiqtiriladi. Hamma idishlarga o‘zgarmas og‘irlikgacha
suv quyib chiqiladi.
Tajriba idishlariga urug‘ ekish may oyining birinchi o‘n kunligida,
dalada ekish ishlari tugagandan keyin o‘tkaziladi. Ekishdan oldin
chigitlar suvda bir kun oldin ivitiladi. Chigit idishlarining o‘rtasida 3-4
sm chuqurlikda ekiladi. Har bir idishda 6-8 ta gacha chigit ekiladi. Unib
chiqqan maysalar ko‘pincha chigit po‘stini tashlamagan bo‘ladi. Bunday
maysalar tagi chigit po‘stining ustiga xo‘llangan paxta, doka yoki suzish
qog‘ozi qo‘yilishi kerak. Bir qancha vaqtdan keyin nami kam pastga
tushib ketadi yoki oxista olib tashlash kerak.
Maysalar ketma-ket bir necha marta yagana qilinadi. Avvalo har
qaysi idishda beshta maysa, keyin 4 so‘ngra 3,2 va nihoyat 1 tup maysa
qoldiriladi. Bu holatda o‘simliklar yaralab o‘sadi va yaxshi rivojlanadi.
G‘o‘zalar ixcham bo‘lishi va bir xilda bo‘lib yetilishi uchun o‘sish
davrining boshlarida o‘suv shoxlarining paydo bo‘lishi bilan ularning
xammasi yulib tashlash tavsiya yetiladi. Yaganalash vaqtida xamma
o‘simliklarni puxtalik bilan ko‘zdan kechirib, faqat zaif, nimjon va
hashoratlar zararlantirilgan maysalarinigina yulib olish kerak.
Maysalarga hashorat tushish xavfi bo‘lsa, ularga qarshi ishlov
berish yoki gazlamadan tikilgan jilt kiygiziladi. Bitta tajribaga qarashli
idishlarning xammasi bir xilda o‘ralishi kerak. Bu tadbir o‘simliklarning
ildizini ortiqcha qizishdan saqlaydi. Jiltning vazni idishning umumiy
og‘irligiga qo‘shib qo‘yiladi. Tajribadagi o‘sayotgan g‘o‘zalarni
sug‘orish o‘suv davrining oxirigacha davom yetadi. Idishdagi namlarga
xar kuni 2-3 martagacha suv quyiladi. Meva tugish davrida idishlarning
tuprog‘i bosilib zichlanadi. Shuni hisobga olgan holda idishlarning
tuprog‘ini qattiq qurib qo‘ishga va uni keyin serob qilib sug‘orishga yo‘l
qo‘yilmaydi. G‘o‘zaning o‘sishiga mos xolda idishlarning doimiy
og‘irligini oshirib borish mumkin. Vegitatsion tajribalarda g‘o‘zaning
164