Page 167 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 167
QAND LAVLAGI BILAN OLIB BORILAYOTGAN
VEGITATSION TAJRIBA. VEGITATSION TAJRIBALAR
O‘TKAZISH TEXNIKASI VA SHAROITI
Vegitatsion idishlarda olib boriladigan tajribalarda dala sharoitida
olib boriladigan usullar singari fenologik kuzatuvlar, uchyotlar,
laboratoriya tahlillari, fiziologik va biokimyoviy tadqiqotlar olib
boriladi.
O‘simliklarning o‘g‘itlar bilan oziqlanishi, temperatura, suv,
yorug‘lik va boshqa omillarni o‘simlikning o‘sish va rivojlanish
jarayonlariga ijobiy ta’sirini o‘rganishda vegitatsion tajribalarning
ahamiyati katta. Bu usulning o‘ziga xos xususiyati unda ilmiy tadqiqot
ishlari boshqa tadqiqot turlariga nisbatan ancha aniq bajariladi. Shu
tufayli ko‘pchilik rivojlangan davlatlarda vegitatsion tajribalar olib
borishga katta e’tibor beriladi. Shuningdek vegitatsion tajribalarning
imkoniyatlari ham ancha yuqori.
Agrokimyo, tuproqshunoslik, o‘simliklar fiziologiyasi, biokimyoga
oid ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari vegitatsion usulda olib boriladi.
Vegitatsion tadqiqotlarning imkoniyati katta bo‘lib, bu usulda dala va
lizimetrik tajribalarda o‘rganish mumkin bo‘lmagan yoki bajarish qiyin
bo‘lgan tadqiqotlarni xam olib borish mumkin. Tadqiqotchi tashqi
omillarning ta’sirini chuqur, mukkamal o‘rganishi, xar bir rivojlanish
fazalarida miqdorlarning o‘zgartirish mumkin.
16-rasm. Vegitatsion idishlarda tajriba o‘tkazish
167