Page 171 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 171

33-jadval

                    Pryanishnikov             Belousov aralashmasi            Sinsadze aralashmasi
                     aralashmasi
              Tuzlarning  Miqdori g/l  Tuzlarning  Miqdori g/l                 Tuzlarning        Miqdori
                 nomi                            nomi                             nomi              g/l
               NH 4NO 3           0.24        Ca (NO 3) 2        1.11           Ca (NO 3) 2        0.21
                 KCL              0.16         KH 2PO 4          0.36             KNO 3            0.80
                MgSO 4            0.06         KH 2PO 4          0.43            Ca SO 4           0.28
               CaHPO 4           0.172          MgSO 4           0.054          Ca (PO 4) 2        0.70
                                                 NaCl            0.10
                Fe 2Cl 6         0.025          Fe 2Cl 6         0.01            MgSO 4            0.50
                                                                                Fe 2 (SO 4)        0.25


                   Bu  tuzlarning  bufer  eritmasi  Sa(RO4)3,  Fe(So4)3  tuproqning
              kislotalik muhiti pH ni uzoq vaqt davomida bir xilda saqlash imkonini

              beradi.  U  yoki  bu  ozuqa  aralashmasidan  foydalanish  masalasi  tajriba

              olib borish sharoiti va o‘rganilayotgan ekin turi hisobga olingan xolda
              belgilanadi.

                   Suvli  muhit  sharoitida  o‘simliklarni  yetishtirishda  A.A.Novoselov

              aralashmasi  ishlatilishi  mumkin.  Bu  aralashmalar  ayniqsa  bodring  va
              pomidor  ekinlarida  keng  qo‘llaniladi.  Bu  aralashmalar  ularni  100

              barobar eritib ishlatishda qo‘llaniladi.
                   Gidroponik tadqiqotlar ko‘proq gulchilik, sabzavotchilik, subtropik

              o‘simliklar  va  paxtachilikda  muhim  fiziologik,  agrokimyoviy

              jarayonlarni o‘rganishda, modda almashinuvining ilmiy asoslarni ishlab
              chiqishda,  o‘simlikni  makro  va  mikro  elementlarga  bo‘lgan  ehtiyojini

              aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

                   Gidroponik  tadqiqotlar  ichida  so‘ngi  yillarda  nisbatan  keng
              qo‘llanilayotgan  usullarga  o‘simliklarni  shag‘alli  va  qumli  muhitlarda

              o‘stirish usuli misol bo‘la oladi.

                   Tajribalarda  o‘simliklarni  shag‘alli  va  qumli  muhitlarida  o‘stirish
              ilmiy  tadqiqotlar  imkoniyatlarini  yanada  oshiradi.  Kichik  hajmdagi

              chuqurchalarda olib boriladigan gidroponik tajribalarda sosudlarda olib

              boriladigan tajribalardan farqli ravishda dala sharoitiga yaqinlashtirilgan
              muhit  yaratish,  o‘simlikni  o‘sish  va  rivojlanish  jarayonida  alohida

              olingan bir necha omillarning ta’sirini nazorat qilish imkoniyati vujudga

              keladi.
                                                          171
   166   167   168   169   170   171   172   173   174   175   176