Page 174 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 174
Lizimetr - yunoncha “lyson” so‘zdan olingan bo‘lib, eruvchan
degan ma’noni bildiradi. Taniqli ingliz kimyogar olimi, shuningdek
metrologiya bilan ham shug‘ullangan Djon Delton (1766-1844) birinchi
bo‘lib lizimerrik tajribalarga asos solgan.
Djon Deltonning lizimetrik tadqiqotlarning asosiy maqsadi sizot
suvlarning to‘planishida atmosfera yog‘ining rolini o‘rganishdan iborat
edi. Keyinchalik shunga o‘xshash tadqiqotlar ko‘plab olimlar tomonidan
olib borildi.
Lizimetrik tadqiqotlarda suv hossalari, meliorativ hususiyatlari bilan
parallel holatda agrokimyo va tuproqshunoslikka xos bo‘lgan ko‘plab
boshqa vazifalarni o‘rganish imkoniyatlari mavjud. Bu o‘rinda
atmosfera yog‘ini va sug‘orish ta’siri ozuqa elementlarini sizot suvlariga
yuvilib ketishi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar muhim o‘rin
tutadi.
Agrokimyoga oid ilmiy tadqiqotlar dastlab XIX asrning 60 yillarida
Frans Leoller tomonidan olib borildi. Dastlab bu usul Shumaxer
tomonidan 1862- yil qattiq tanqid qilinsada, keyinchalik lizimetrik
tadqiqotlar mineral oziqalarning tuproqqa singishi va sizot suvlarga
yuvilish darajasini aniqlashda eng qulay usul ekanligi ayon bo‘ldi. Va
agrokimyoda katta shuhrat qozondi.
Ayniqsa tuproqdagi oziqalar balansini aniqlash, mineral
o‘g‘itlarning izotoplarini qo‘llashda qulay bo‘lgan lizimetrik tadqiqotlar
agrokimyoda keng qo‘llanila boshladi.
Mark Intayra Amerika kimyogarlari quriltoyida lizimetrik
tajribalarga yuqori baho berar ekan, “Agar ilmiy tadqiqot institutlarida
lizimetrlar bo‘lmasa bunday tashkilotlarni to‘liq jihozlangan deb
bo‘lmaydi” deb ta’kidladi.
Lizimetrik tadqiqotlar tabiy sharoitga nisbatan yaqinroq bo‘lib,
bunday tajribalarga dala va vegitatsion tajribalar o‘rtasidagi oraliq
shakildagi tajribalar sifatida qarashimiz mumkin.
Shuningdek lizimetrlar turli tuproq iqlim sharoitidagi har xil
tuproqlar bilan to‘ldirilib, bir vaqtning o‘zida qiyosiy o‘rganiladi.
Lizimetrlaning asosiy konstruksiyalariga to‘xtatiladigan bo‘lsak,
bunda eng avval suv va unda erigan moddalarning tuproqning
174