Page 178 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 178
0,1 metr. Yog‘in suvlari lizimetrga oqmaydigan holatda bo‘lishi uchun
lizimerning yuqori qismi sement bilan silliq shuvab chiqiladi.
Har bir lizimetr yo‘lak tomondan tubigacha yuzada paydo bo‘lgan
suvni sizib ketishi uchun diametri 2 sm bo‘lgan rux turuba qo‘yiladi.
Suvni yaxshi to‘planishi uchun lizimetrning tubi trubaga yo‘nalgan
xolda biroz qiyalashgan bo‘ladi. Shuningdek ikki qarama-qarshi
burchakdan tuyunuk tomonga yo‘nalgan holatda chuqurlik bo‘yicha
egatcha qurish maqsadga muvofiqdir.
16-rasm. K.A. Timeryazov qishloq xo‘jalik
akademiyasining lizimetirlari
Har bir lizimetr yo‘lak tomonidan tubigacha yuzada paydo bo‘lgan
suvni sizib ketishi uchun diametri 2 sm bo‘lgan rux turuba qo‘yiladi.
Suvni yaxshi to‘planishi uchun lizimetrning tubi trubaga yo‘nalgan
holda biroz qiyalashgan bo‘ladi. Shuningdek ikki qarama qarshi
burchakdan tuyunuk tomonga yo‘nalgan holatda chuqurlik bo‘yicha
egatcha qurish maqsadga muvofiq.
Lizimetr devorlari quyoshda qizib ketmasligi uchun yuza qismi oq
bo‘yoqda bo‘yab qo‘yiladi. Lizimetr bir-biridan 0,5 metr oraliqda
joylashadi. Yo‘lak tomondan ular orasiga beton devor qo‘yilib, boshqa
joylar tuproq bilan to‘yintiriladi.
Har bir lizimetr o‘zining tartib raqamiga ega bo‘lib, bir tomonda juft
lizimetrlar, ikkinchi tomonda esa toq raqamli lizimetrlar joylashtiriladi.
178