Page 182 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 182

qo‘yilishi  yaramaydi,  undan  past  fonda  nafaqat  ekin  ekilganda,  balki

              ekin ekilmagan maydonlarda xam azot infiltratsiyasi deyarli kechmaydi.
                   Lezimetrik maydonlarda variantlarni sistematik yoki rendamizatsion

              tarzda  joylashtirish  maqsadga  muvofiq.  Lizimetrik  tadqiqotlarda

              takrorlanishlar  soni  kamida  uch  yoki  tortani  tashkil  etishi  lozim.  Bir
              yillik  ekinlar  o‘rganilganda  har  yili  mavsum  oxirida  tuproqqa  asosiy

              ishlov beriladi. O‘simliklarda 2-3 donadan xaqiqiy barg shakillanganda

              yaganalash  amalga  oshiriladi,  bunda  eng  sog‘lom  bo‘lgan,  tirik
              o‘simliklar  qoldiriladi.  Keyinchalik  barcha  agrotexnik  tadbirlar  dala

              tajribasiga maksimal tarzda yaqinlashtirilgan holda olib boriladi.

                   Lizimetrik  tajribalarda  kuzatuv  va  uchyotlar.  Tajribaning
              mazmuni, maqsadi va oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan xolda

              rejaga asosan olib boriladi. Eng avvalo tajriba qo‘yilishidan oldin tuproq

              namunalari  olinib  uning  agrokimyoviy  xossalari  o‘rganiladi.  Bundan
              tashqari  tuproq  to‘g‘risida  to‘liqroq  tasavvurga  ega  bo‘lish  maqsadida

              gumusning  fraksion  tarkibi,  umumiy  azot,  fosfor  va  kaliy  miqdori,

              shuningdek  tuproq  tarkibidagi  mikro    elementlar  aniqlanadi.  Bu
              ko‘rsatkichlar I.V.Tyurin, Granvalt Lyaju, A.N.Kirsanov, V.P.Machigin

              uslublari bo‘yicha aniqlanadi.
                   O‘simliklarning o‘sish va rivojlanish xolatini o‘rganish uchun unib

              chiqqandan  hosil  yig‘ib  terib  olinguncha  lizimetrlarda  fenologik

              kuzatuvlar  olib  boriladi.  Shunigdek  ko‘chat  qalinligi,  barg  sathi,
              fotosentez jarayoni, biologik mahsuldorligi aniqlanadi.

                   Fenologik  kuzatuvlar  har  oyning  dastlabki  kunlari,  tezpishar

              ekinlarda  esa,  ishchi  dasturdan  kelib  chiqqan  holda  bir  oyda  ikki
              martadan  o‘tkaziladi.  Uchyotlar  rivojlanish  fazalari  bo‘yicha  va

              tajribaning maqsadidan kelib chiqqan xolda olib boriladi.
                   Organik  massaning  uchyotini  aniqlash  uchun  hosil  bilan  chiqib

              ketayotgan  massa,  tuproqqa  to‘kilgan  barg,  shona  va  gullar,  tuproqda

              qolgan ildizmeva va ildiz qoldiqlari hisobga olinadi, ya’ni terib tortiladi.
                   Organik  massa  va  uning  kimyoviy  tahlil  uchyoti  uglerod,  azot

              hamda  kul  elementlari  aylanishini  va  balansini  o‘rganish  uchun  zarur.

              Biologik massani o‘rganish bo‘yicha hisob ishlari L.N.Rodinning (1988)




                                                          182
   177   178   179   180   181   182   183   184   185   186   187