Page 183 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 183
“Fitosenozda biologik aylanish dinamikasini o‘rganish uslubiy
ko‘rsatmalar” bo‘yicha olib boriladi.
Atmosfera yog‘inlari bevosita tajriba maydonlarida yoki unga yaqin
bo‘lgan joyda (200 metrdan uzoq bo‘lmagan) aniqlanadi. Atmosfera
yog‘inlari uchyotini olib borishda “Atmosfera yog‘inlarini yig‘ish va
saqlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar”dan foydalaniladi (M,1987).
Lizimetrik tadqiqotlarda suv miqdorini hisobga olishda vegitatsiya
davridagi uchetlar bilan chegaralanib qolish yaramaydi, chunki kalsiy,
magniy, oltingugurt singari mikroelementlarning yuvilishi erta bahor va
kech kuzda ham kuzatiladi. Suvlarning infiltiratsiyasi uchyotini yog‘in
yoqqandan keyin darhol, bahor va kuzda esa har kuni o‘tkazilishi
maqsadga muvofiq.
Lizimetrik tajribalarda infiltiratsiya suvlarining kislotaliligi,
tiniqligi, ishqoriyligi, nitratlar, amiyakli va umumiy azot, fosfor miqdori
o‘rganiladi. Ayrim xollarda ishning mazmunidan kelib chiqqan holda
suv tarkibidagi mikroelementlar ham o‘rganilishi mumkin.
Azotni gazsimon xolatda yo‘qolishi N5 izotopi yordamida
aniqlanadi. Lizimetrli tajribalarda izotoplar bilan ishlash o‘g‘itlar
balansini aniqlash va aniq ma’lumotlar olishda katta nazariy ahamiyatga
ega.
Tuproqning faol qatlamining maqbul suv-havo rejimini aniqlash
uchun umumiy suvga bo‘lgan talabini aniqlash lozim. Butun vegitatsiya
davomida bu ko‘rsatkich o‘zgarib boradi, shuning uchun u mavsumiy
yoki rivojlanish fazalari davomida aniqlanib boriladi. Suvga bo‘lgan
talab va hosildorlik koeffitsentlari bo‘yicha aniqlanadi. Jami suv
bug‘lanishi (E, mm) ko‘rsatkichni aniqlash uchun quydagi formuladan
foydalaniladi:
E=Os+D-0 V
bu yerda :
Os-atmosfera yog‘inlari,mm
D-lizimetrga quyilgan suv miqdori, mm
O-lizimetrdan olingan suv, mm
V-imperik usulda aniqlanadigan suv qaytarish, mm.
183