Page 185 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 185
MA’LUMOTLARNI DOSPEXOV USULIDA
DISPERSION TAHLIL QILISH
Bugungi kunda tadqiqotlarni sifati va ishonchilik darajasi ularni
uslubiy jihatdan to‘g‘ri bajarilishiga bog‘liq. Tajribalarning to‘g‘ri
bajarilishi, olingan ma’lumotlarning ishonchli yoki ishonchli emasligi
bir qator statistik tahlillar bo‘yicha aniqlanadi.
Statistik tahlilga oid ko‘plab savollarga “dispersion tahlil” deb
nomlangan usul yordamida aniqlik kiritiladi. “Dispersiya” – ajralish,
yoyilish degan ma’noni bildiradi.
Dispersion tahlil usuli qishloq xo‘jaligi va biologiya tadqiqotlari
uchun birinchi bo‘lib ingliz olimi R.A.Fisher tomonidan ishlab chiqildi
va amaliyotga tadbiq etildi, qaysiki o‘rtacha kvadratlar munosibatining
taqsimlanish qonuni kashf qilindi :
=F
Bu yerda:
-tanlamalar o‘rtacha kvadrati;
-ob’ektning o‘rtacha kvadrati
Dispersion tahlil tadqiqotlarni rejalashtirish va uning ma’lumotlarini
statistik ishlov berishda keng qo‘llaniladi. Agar avval matematikaning
xizmati tadqiqot ma’lumotlarini tahlil qilish bilan chegaralangan bo‘lsa,
R.A.Fisherning ilmiy ishlari uning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.
Bugungi kunda tajribalarni matematik interpretatsiya va disperson tahlil
talablariga ko‘ra statistik rejalashtirish tadqiqotchini qiziqtiruvchi
savollarga muvofaqiyatli javoblar olishning zarur shartlari hisoblanadi.
Tadqiqot rejasini statistik asoslanishi natijalarni matematik tahlil
uslubini ham belgilaydi. Shuning uchun zamonaviy tadqiqotlarda
dispersion tahlil asoslarini bilmay turib tajribalarni to‘g‘ri rejalashtirib
bo‘lmaydi.
Disperson tahlilda bir vaqtnig o‘zida yagona statistik kompleksni
tashkil qiluvchi, maxsus ishchi jadvalda rasmiylashtirilgan bir qancha
tanlanmalarning (variantlarning) ma’lumotlariga ishlov beriladi. Statistik
185