Page 180 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 180

Karnil  lizimetrlari  sug‘orish  va  meliratsiya  bilan  bog‘liq  ilmiy

              tadqiqotlar  olib  borish  uchun  juda  qulay.  Bu  tajribalarda  suvlarning
              xarakati  va  turli  minerallarning  sizot  suvlariga  yuvilishi  xaqida  ilmiy

              xulosaga kelish mumkin.

                          Bromberg qishloq xo‘jalik institutidagi lizimetrlar
                   Bromberg  qishloq  xo‘jalik  institutidagi  lizimetrlar  (Gerlax,  1928)

              loyixasiga  ko‘ra  qurilgan.  Bu  lizimetrlar  pishiq  g‘ishtdan  qurilgan

              bo‘lib,  yuza  tomoni  sement  bilan  qoplanadi.  O‘lchami  2x2x1.1    metr.
              Lizimetrning tubi sifatida ko‘plab mayda tuynukchalari mavjud bo‘lgan

              rux qoplamasi yuritilgan 1 sm qalinlikdagi temir plastinkasi xisoblanadi.

              Bu plastinka ostiga yuzasi kvadrat shaklidagi,  o‘rtasida tuynuk trubasi
              bo‘lgan  varonka  joylashtiriladi.  Qabul  qiluvchi  asos  sifatida  (g)  krani,

              boronometrli9 (h) trubkasi va qo‘shimcha (i) trubkasi va qabul qilishda

              suyuqlik o‘lchamini ko‘rsatuvchi ruxli silindr hisoblanadi.
                   Lizimetrni  tuproq  bilan  to‘ldirish  oldidan  uning  tubiga  0.1  metr

              qalinlikda shag‘al solinadi. Bu turdagi tadqiqotlarda lizimetrlar soni 10

              donadan iborat bo‘ladi.
                   Lion    va  Bitselya  loyihasiga  ko‘ra  1918  yilda  lizimetrlarga  asos

              solingan.  Lizimetrlar  kvadrat  shaklida  (127X127  sm)  bo‘lib  betondan
              quriladi.

                    Devorlarining  chuqurligi  129.5  santimetrga  teng.  Tuproq  chetki

              devorlari  7.5 santimetr qilib, yer sathi bilan bir xil holatga kelguncha
              to‘ldiriladi.

                   Lizimetrning  tub  qismi  ekssentrik  ko‘rinishidagi,  ya’ni  biroz  yon

              tomonga  og‘gan  varonkasimon  shaklda  24  donadan                         ikki  qatorlab
              joylashtiriladi.  Lizimetrlar  orasidagi  masofa  183  santimetrga  teng

              bo‘ladi.  Yer  osti  yo‘llakchasinig  pollari  lizimetrning  yuqori  qismiga
              nisbatan  305  santimetr  pastroqda  joylashadi.  Lizimetrda  haroratning

              o‘zgarib turishini oldini olish uchun yer osti yo‘lagining yuqori qismida

              alohida devorlari mavjud.
                   Lizimetrlar va bu devorlar oralig‘iga tuproq to‘ldiriladi.









                                                          180
   175   176   177   178   179   180   181   182   183   184   185