Page 177 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 177
Beton va g‘ishtli lizimetrlar
Qishloq xo‘jaligida eng keng tarqalgan va qo‘llaniladigan
lizimetrlardan biri beton va g‘ishtli lizimetrlar hisoblanadi. Bu
lizimetrlar deyarli barcha rivojlangan davlatlardagi qishloq xo‘jalik
ilmiy tadqiqot institutlari va oliygohlardagi o‘quv tajriba xo‘jaliklarida
mavjud.
Bu xildagi lizimetrlar boshqa turdagi lizimetrlarga nisbatan tannarxi
arzon, qurilish konstrukturasi sodda, foydalanish uchun qulay
hisoblanadi. O‘z navbatida beton va g‘ishtli lizimetrlarning ham ko‘plab
turlari mavjud. (15-rasm)
15-rasm. Yangi Aleksandriya qishloq xo‘jalik
institutining lizimetrlari
Bu turdagi lizimetrlar dastlab 1903 yili P.F.Varakov loyihasiga
ko‘ra qurilgan.
Dastlab uzunligi 20 metr, kengligi 4 metr, chuqurligi 2 metr bo‘lgan
xajmda tuproq sig‘imiga ega bo‘lgan chuqurlik tayyorlab qo‘yiladi.
So‘ngra uning tubiga 0,6 metr qalinlikda beton yotqizilgan, uzunligi 1,5
metr, eni 1 metr o‘lchamdagi ikki qator massiv holatda bo‘ladi. Har bir
3
bunday massivda hajmi 1 m (1x1x1) o‘lchamdagi 12 tadan beton
lizimetrlar bo‘ladi. Lizimetrlarning tagi va yon devorlarining qalinligi
177

