Page 172 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 172
Yopiq inshoatlarda olib boriladigan tajribalar. Vegitatsion
tajribalar ichida yopiq inshoatlarda olib boriladigan tajribalar alohida
o‘rin tutadi. Bu tajribalar o‘simlik uchun qulay bo‘lgan mikro iqlim
vujudga keltirish, yil davomida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish,
o‘simliklarni tashqi muhitning salbiy ta’siridan himoyalash singari
qulayliklarga ega.
Shu tufayli ko‘pchilik rivojlangan davlatlarda yoiq joylarda
dehqonchilik va ilmiy tadqiqotlar olib borishga katta e’tibor berilmoqda.
Yopiq himoyalangan sharoitdagi tajribalar ayniqsa bizning sharoitda
o‘smaydigan tropik va subtropik mintaqa o‘simliklarni o‘rganishda ham
katta ahamiyatga ega. Respublikamizda bunday tajriba uchastkalari
O‘zbekiston O‘simlikshunoslik ITI da va O‘zbekiston G‘o‘za seleksiyasi
va urug‘chiligi ITIda hamda boshqa bir qator nufuzli ITIlarida mavjud.
Nazorat savollari
1. Vegitatsion idishlarda olib boriladigan tajribalarning boshqa
tadqiqot turlariga nisbatan farqi nimada?
2. Dala sharoitidagi o‘tkaziladigan tajribalarning vegitatsion
tajribalarga nisbatan avzalligi nimada?
3. Vegitatsion tajribalar o‘tkazilish texnikasi va sharoitiga ko‘ra
nechta turga bo‘linadi?
4. O‘simliklar tuproq sharoitida o‘stirilib olib boriladigan
vegitatsion tajribalarning dala tajribalaridan farqi nimada?
5. Suv muhitida olib boriladigan vegitatsion tadqiqotlar qanday
nomlanadi?
6. Yopiq inshoatlarda olib boriladigan tajribalarni izohlab bering
172