Page 173 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 173

LIZIMETRIK TAJRIBA. ULAR OLDIGA QO‘YILADIGAN

                               TALABLAR VA O‘TKAZISH USULLARI


                   Agrokimyoda ilmiy tadqiqotlar olib borishda lizimetrik tadqiqotlar

              muhim o‘rin tutadi.
                   Ma’lumki,  qishloq  xo‘jaligi  bilan  bog‘liq  ilmiy  tadqiqotlarda

              tuproqning  suv  rejimini  o‘rganish  eng  asosiy  va  ma’suliyatli

              vazifalardan biri. Ayniqsa amaliyotda bu hodisa muhim, ko‘pincha hal
              qiluvchi ahamiyatga ega.

                   Atmosfera  yog‘ini  yer  yuzasiga  tushganda  to‘liq  tuproqqa  singib

              ketmaydi.  Namlikning  ma’lum  qismi  o‘simlik  ta’sirida  (  tashqi  qobiq,
              poya va barglarda) va qaytadan atmosferaga bog‘lanadi. Boshqa qismi

              relef qiyaligiga ko‘ra tuproq yuzasi bo‘ylab ma’lum bir oqimda ariq, soy

              va daryo‘larga quyiladi.  Ma’lum bir qismi tuproqqa singib tuproq suv
              rejimini shakillantiradi.

                   Tuproq  yuza  qatlami  shuningdek  atmosferada  mo‘lekulyar  va

              turmik  konsentratsiya  holatida  mavjud  bo‘lgan  suv  bug‘larini  ham
              o‘zlashtiradi.  Bundan  tashqari  bug‘lar  konsentratsiyasi  va  sizot

              suvlarning  ko‘tarilishi  hisobiga  ham  tuproqning  haydalma  qatlamida
              namlikning ko‘tarilishi kuzatiladi.

                   Namlikning  tuproq  sathidan  va  o‘simlik  orqali  transpiratsiya

              jarayonida  sariflanishini  o‘rganish  ancha  murakkab,  bir  qator
              qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Bunda barcha omillarni hisobga olish

              lozim.

                   Olib  borilgan  ilmiy  tadqiqotlarda  shu  narsa  ma’lum  bo‘lganki,
              tuproqqa  namlik  asosan  gravitatsion  suv  holatida  singadi,  namlikning

              ma’lum  bir  qismi  yer  ostiga  sizib  zovurlar  orqali  suv  havzalari  va
              daryo‘larga quyiladi.

                   Tuproqning  suv  singdiruvchanlik  imkoniyati  ham  turlicha  bo‘ladi.

              Ya’ni,  tuproqning  suv  singdiruvchanligi  tuproqning  g‘ovakligi,
              strukturasi va organik moddalar miqdoriga bog‘liq.

                   Tuproqning suv rejimini aniqlashning eng maqbul, haqiqatga yaqin

              usullaridan  biri  hisobiga  ko‘pchilik  olimlar  tomonidan  lizimetrik
              tajribalar tan olingan.


                                                          173
   168   169   170   171   172   173   174   175   176   177   178