Page 169 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 169

A.V.Sakalovning            ta’kidlashicha         vegetatsion        tadqiqotlaridan

              o‘simlikni  mineral  ozuqalarga  bo‘lgan  ehtiyojini  kimyoviy  usul  orqali
              tez aniqlashda foydalanish mumkin.

                   O‘simlikni suv muhitida o‘stirish uchun unga qulay sharoit yaratish
              maqsadga  muvofiq.  Bunda  eng  avvalo  tadqiqotchi  o‘z  oldiga  qo‘ygan

              maqsad  ko‘zda  tutiladi.  Suv  muhitida  olib  boriladigan  vegitatsion

              tadqiqotlar ko‘pincha gidroponik, ya’ni suvli sharoitda olib boriladigan
              tadqiqotlar deb ataladi.

                   O‘simliklarni  ildizdan  oziqlantirish  qonuniyatlarini,  jumladan
              ammiyakli  va  nitratli  oziqlantirishni  qiyosiy  baholash,  ishqoriy  muhit

              pH  ni,  rivojlanish  fazalari  bo‘yicha  oziqa  moddalar  nisbati  va

              kontentratsiyasini va boshqalarni o‘rganishda o‘simliklarni suv muhitida
              o‘stirish usulini qo‘llash zarur. Ayniqsa o‘simliklarni mikroelementlarga

              o‘stiruvchi minerallarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlashda bu usulni qo‘llash
              samarali hisoblanadi.

                   O‘simliklarni suvli muhitda o‘stirishda eng avvalo o‘simliklarni har
              bir  makro  va  mikro  elementlariga  bo‘lgan  ehtiyojini  to‘g‘ri  baholay

              olishimiz zarur.

                   Gidroponik  tadqiqotlar  olib  borish.  Gidroponik  tadqiqotlar  olib
              borishda  ozuqalar  aralashmasi  tayyorlashdan  oldin  eng  avvalo  tajriba

              mavzusini  va  sxemasini  ishlab  chiqish  zarur.  Shundan  so‘ng  ozuqalar

              mey’ori  va  eritma  konsentratsiyasini  tayyorlashga  o‘tiladi.  Misol
              tariqasida ba’zi mavzularni keltiramiz:

                  1.  Bug‘doyning  o‘sishi,  rivojlanishi  va  hosildorligiga  ayrim
            elementlarni mineral oziqlantirishdagi ta’sirini ahamiyati.

                  2.  Bodring hosildorligiga mikroelementlarning ta’siri.
                  3.  Pomidor  hosildorligiga  biologik  faol  moddalarning  ta’sirini

            o‘rganish.

                  4.  Suv  ekinlarni  bilan  tajribalar  olib  borishda  idish  hajmining
            ahamiyati.

                  5.  Kislotali  muhit  pHni  o‘simliklarning  o‘sish,  rivojlanish  va
            hosildorligiga ta’siri.

                  6.  O‘simliklarni azot, fosfor, kaliy va mikroelementlar bilan ildizdan
            tashqari oziqlantirish.




                                                          169
   164   165   166   167   168   169   170   171   172   173   174