Page 165 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 165

o‘sish  va  rivojlanishini  kuzatilishi  dalada  osayotgan  o‘simliklarni

              kuzatishga        qaraganda        osonroqdir.        Har      qaysi      o‘simliklarning
              hosildorligini  meva  hosil  qiladigan  organlarini  tashlashini  va  hosil

              tugishini  to‘la  va  aniq  hisobga  olish  uchun  o‘simliklarni  holati  to‘la

              ta’riflab  yozib  boriladi,  zarur  deb  topilganda  esa  gullariga  yorliqlar
              (qog‘ozdan) yozib qo‘yiladi.  To‘kilgan  meva  elementlari har 3 yoki 5

              kunda  sanab yozib qo‘yiladi.

                   Hisobot  (daftar)  natijalari  ostida  meva  elementlarining  to‘kilish
              xarakteriga va ayrim omilar qanday ta’sir qilishini belgilash va bu ta’sir

              g‘o‘zaning  yoshi  bilan  bog‘liq  holda  va  shona  xamda  tugunlarning

              yoshiga qarab qanday o‘zgarishini aniqlash mumkin bo‘ladi. Xar bir tup
              g‘o‘zaning hosili alohida xisobga olinadi. Hosilni strukturasi muffassal

              o‘rganiladigan  bo‘lsa,  tupidagi  hosil  shoxi  aniq  ko‘rsatiladi.  Va  vazni

              alohida  o‘rganiladi.  O‘simliklarning  quruq  massasi  hisobga  olinadigan
              bo‘lsa, o‘suv davri davomida to‘kilgan xamma qismlari (barg, meva va

              tugunchalari)  xar  qaysi  idish  bo‘yicha  yoki  butun  variant  bo‘yicha

              alohida xaltachalarga yig‘ib boriladi va vazni aniqlanadi.
                   Vegitatsion tajribalarda fenologik kuzatishlar yoki boshqa omillarni

              ta’siri  o‘rganiladi,  shonalash,  gullash,  meva  tugish  va  pishish  jadalligi
              dala tajribalarida qanday bajarilsa shu uslubiyat asosida bajariladi. Lekin

              o‘simliklar sonidan farq qiladi.

                   Vegitatsion  tajribalarda  o‘simliklar  soni  ekin  turiga  qarab
              belgilanadi.  Bunda  ekinning  va  navning  biologik  xususiyati,

              o‘rganilayotgan  omil  xisobga  olinadi.  Masalan  g‘alla  ekinlarida  urug‘

              sosudlarga  o‘simliklarning  oziqlanish  maydonini  xisobga  olgan  holda
              qalin ekiladi.




















              14- rasm. Makkajo‘xori bilan olib borilayotgan vegitatsion tajribalar
                                                          165
   160   161   162   163   164   165   166   167   168   169   170