Page 166 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 166
Texnik ekinlarda esa bitta sosudda o‘simlik turiga qarab 1-2 ta urug‘
ekiladi. Urug‘larni ekishda ularning erkin o‘sishi, oziqa va suvdan
samarali foydalanishiga alohida e’tibor beriladi. O‘simliklar uchun qulay
sharoit yaratish uchun urug‘larni ekish usuli bilan birga, sosudlarni
joylashtirish tartibiga ham alohida e’tibor berilishi lozim. Ya’ni,
sosudlar bir-biridan ma’lum belgilangan masofada joylashtirilishi lozim.
Odatda sosudlarni joylashtirishda variantlar va takrorlanishlar bo‘yicha
joylashtirish farqlanadi. Bitta variantdagi sosudlar 20-25 sm, variantlar
orasi 30-40 sm, takrorlanishlar orasi 50-100 sm oraliqda joylashtiriladi.
Vegitatsion tajribalarda sosudlarni sestematik usulda, tartibli
joylashtirish maqsadga muvofiq. Bu usul tajribani olib borish va
fenologik kuzatuvlar o‘tkazish uchun qulay.
15-rasm
Nazorat savollari
1. “Vegitatsiya” so‘zining ma’nosi?
2. “Vegitatsion ilmiy tekshirish” usullari deganda nimani
tushunasiz?
3. Vegitatsion idishlar tayyorlanishi, shakli, o‘lchami qanday
tartibda bo‘ladi?
4. Nima uchun sosudga to‘ldiriladigan tuproq absalyut quruq vazni
miqdori asosida belgilanadi?
5. Ammiakli selitra (34%) mavjud bo‘lsa, har gektar maydonga
solinishi kerak bo‘lgan o‘g‘it me’yori qanday hisoblab topiladi?
6. Har bir idishga berilishi kerak bo‘lgan suvning miqdori qanday
topiladi?
7. Vegitatsion idishlarda o‘stirilayotgan o‘simliklarni yaganalash
vaqtida qanday holatlarga e’tibor berish kerak?
8. Nima uchun vegitatsion tajribalarda sosudlarni sestematik usulda,
tartibli joylashtiriladi?
166