Page 162 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 162

Tuproq to‘ldirishdan oldin hamma idishlar tortib chiqiladi va bir xil

              vazinga  keltiriladi.  Har  qaysi  idishning  vazni  ichiga  qancha  mayda
              shag‘al  yoki  yirik  qum  solinganligiga  qarab  drenaj  va  nay  bilan

              birgalikda  4-5  kg  bo‘lishi  kerak.  Tuproq  bilan  qum  yoki  shag‘al

              aralashib  ketmasligi  uchun  drenaj  bilan  tuproq  o‘rtasiga  ikki  qavat
              qog‘oz yoki doka yoyib qo‘yiladi. Tajribada amalga oshiriladigan hisob-

              kitobni yengillashtirish  maqsadida hamma idishlarning og‘irligi  bir xil

              bo‘lishi  kerak,  bu  esa  torozida  tortib  ko‘rish  yo‘li  bilan  aniqlanadi.
              Tuproq  nami  oshganda  uning  vazni  ham  oshadi.  Shu  sababli  har  bir

              idishga  to‘ldiriladigan  tuproq  miqdori  uning  absalyut  quruq  vazni

              asosida  belgilanadi.  Bitta  idishga  to‘ldiriladigan  tuproqning  quruq
              holatdagi  vazni  asosida  belgilanadi.  Bitta  idishga  to‘ldiriladigan

              tuproqning quruq holatdagi vazni 20 kg dan oshmasligi kerak. Idishlarga

              tuproq  to‘ldirish  oldidan  tuproq  namligini  belgilash  va  tuproqni
              agrokimyoviy  analiz  qilish  uchun  tayyorlangan  tuproqdan  namuna

              olinadi.  Tuproq  tarkibidagi  namlik  miqdori  keskin  o‘zgarib  ketmasligi

              uchun  idishlarga  tuproq  to‘ldirishni  qisqa  vaqt  ichida  amalga  oshirish
              kerak.

                   Har  qaysi  idish  uchun  belgilangan  tuproqni  tog‘oraga  solib,  uni
              o‘g‘it  bilan  yaxshilab  aralashtiriladi  va  bu  tuproq  bir  necha  qismga

              bo‘linib,  drenaj  tepasida  ochiq  joy  qolmaganligiga  ishonch  hosil

              qilinganligidan keyin solinadi. Bu qatlam yaxshilab zichlanadi.
                   Idishdagi  tuproqning  yuzi  idish  tepasidan  3-4  sm  pastda  turishi

              kerak.  Vegitatsion  tajribalarda  ma’danli  o‘g‘itlarni  meyorini  tuproqga

              solish  idishdagi  tuproq  og‘irligiga  asos  qilib  olinadi.  Agar  har  gektar
              maydonga  50  kg  dan  sof  holda  azot  berish  kerak  bo‘lsa,  quydagicha

              hisoblanadi.
                   Bizda  ammiakli  selitra  (34%)  mavjud  bo‘lsa,  uning  miqdori

              hisoblanib,  har  gektar  maydonga  solinishi  kerak  bo‘lgan  o‘g‘it

              quydagicha chiqariladi.
                   100-34

                   X-50                                                     x=50x100/34=147 kg







                                                          162
   157   158   159   160   161   162   163   164   165   166   167