Page 163 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 163
3
Olingan tuproqning xajm massasi 1,33 kv/sm bo‘lgan 0,3 m
qatlamidagi tuproqning og‘irligi 4000000 bo‘lishligini bilib, idishdagi
tuproqqa beriladigan o‘g‘it miqdori aniqlanadi.
4000000 kg-147
20kg-x x=20x147/4000000=0,735 kg
Tuproq to‘ldirilib bo‘lgandan keyin idishlar ochiq joydagi tekis
maydonga variant va qaytariqlar bo‘yicha terib qo‘yiladi. Vegitatsion
tajribalarda qaytariqlar soni kamida 4 ta imkoni bo‘lsa 5-6 ta qaytariqda
bo‘lsa, statistik baholash osonlashadi va yanada aniqroq ma’lumot
olinadi. Bu turdagi tajribalar dalada olib borilgan tajribalardan keskin
farq qiladi.
Agar dala sharoitida tuproqning turiga va sizot suv joylashish
chuqurligiga qarab g‘o‘zaning vegitatsiyasi davomida 4-10
marotabagacha sug‘orilsa vegitatsion tajribalarda esa havoning harorati
ko‘tarilib ketganda har kuni 2 marotabadan sug‘orilishi kerak. Har bir
idishga berilishi kerak bo‘lgan suvning miqdorini bilish uchun tuproq
to‘ldirilgan tajriba idishning to‘liq dala nam sig‘imidagi namlik bilan
tuproq to‘ldirilgan tajriba idishining to‘liq dala nam sig‘imidagi namlik
bilan birga o‘zgarmas og‘irligini ham bilish kerak. Idishning o‘zgarmas
og‘irligi idishning drenaj, idish va dala sig‘imidagi namlikdagi
tuproqning og‘irligi kiradi. Masalan, tuproqning dala nam sig‘imi 25%
ga teng bo‘lganda, sug‘orishdan oldingi tuproq namligi 12% bo‘lsa
hamda sug‘orish rejimi bo‘yicha dala nam sig‘imiga nisbatan 70% da
sug‘orish kerak bo‘lsa, sof 20 kg tuproqga dala nam sig‘imiga yetkazish
uchun qancha suv quyish kerakligini aniqlaymiz.
20-100
X-25 x=25x20/100=5kg
Tuproqni dala nam sig‘imiga teng bo‘lgan namlikda ushlab turish
uchun 5 kg suv quyish kerak. 20+5=25 kg. Agar idishning o‘zgarmas
og‘irligi 20+5=30 kg kg ga teng bo‘ladi. Demak, har kuni idish torozida
163