Page 160 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 160
Vegitatsion tajribalarni qo‘yilishi, o‘tkazish va olib borish tartibi
ma’lum darajada dala va boshqa turdagi tajribalardan farq qiladi. Eng
avvalo bu turdagi tajribalar kichik o‘lchamli maxsus idishlarda olib
boriladi.
Vegitatsion idishlar tayyorlanishi, shakli, o‘lchamiga ko‘ra turlicha
bo‘lishi mumkin. Masalan: metaldan, sopoldan, shishadan tayyorlanishi
mumkin.
O‘simliklarni vegitatsion idishlarda o‘stirish ilmiy tekshirish
ishlarining maqsadiga ko‘ra, bir necha kundan o‘simlikning o‘suv davri
oxirigacha davom etishi mumkin. O‘lchamlari ham 5, 10, 20, 30 kg
sig‘imli bo‘lishi mumkin.
Tajribani tashkil qilish va uni o‘tkazish uchun kerakli tuproq
tekshirish tadqiqot ishlarida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarga qarab
tayyorlanadi. Tajriba uchun olingan joy, maydoning tarixi va holati
batafsil yozib qo‘yiladi va shu maydonda uchraydigan tuproq turlari
ta’riflanadi. (32-jadval)
32-jadval
Vegitatsion tajribalarda quydagi o‘lchamdagi vegitatsion
idishlar (sosud) tavsiya etiladi
Sosudlar (idish) o‘lchamlari
Tuproqqa Qumga Suvga
№ O‘simliklar turi ekiladigan ekiladigan ekiladigan
ekinlar uchun ekinlar uchun ekinlar uchun
sm da sm da metrda
1 G‘o‘za 40x25 30x25 6-8
30x30 30x20
2 Donli ekinlar 20x20 20x20 3-5
15x30 15x20
3 Dukkakli ekinlar 30x15 20x20 4-5
20x20 15x20
4 Ko‘p yillik o‘tlar 20x20 20x20 3-5
30x15 20x15
5 Karam 30x25 30x30 6-8
35x30 25x30
6 Tamaki 20x30 20x25 5-6
25x25 20x20
7 Qand lavlagi 25x30 25x30 6-8
30x35 30x35
160