Page 156 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 156
tabiiy unumdorlik darajasi bir- biridan farq qilsa, u holda qaytariqlar
soni 5-6 tagacha bo‘lib, aksincha tajriba maydonining unumdorlik
darajasidagi farq deyarlik bo‘lmasa u holda qaytariqlar soni esa 4 ta
bo‘lishi ham mumkin. Har variantdagi daraxtlar soni ham yuqoridagi
qonuniyatga asoslangan holatda bo‘lib, unumdorlik darajasidagi farq
bo‘lsa u holda variantdagi daraxtlar soni 4-8 ta, butalarda esa 30-40
donadan bo‘lib, farq bo‘lmaganda esa daraxtlar soni 10-15 tagacha,
butalarda esa 80-100 tagacha oshiriladi. Umuman olganda qaytariqlarga
mos holda bitta variantdagi daraxtlar soni 24-30 tadan ko‘chat
yetishtirish maqsadidagi tajribalardagi ko‘chatlar soni esa 200-300 tadan
kam bo‘lmasligi kerak.
Bog‘dorchilikda olib boriladigan dala tajribalarida ham daraxtlami
yil davomida hisobini olib borish, ya’ni ularning rivojlanishini kuzatib
borib to‘g‘ri va aniq xulosa qilish uchun imkon beradi. Tajribaning
maqsadidan qat’iy nazar, hamma turdagi tajribalardagi hisobot ishlari
asosan ikki xil bo‘lib, birinchisida hamma dala tajribalarida omillami
(suv, o‘g‘it, agrotexnik tadbir turlari naviga ta’siri va hakozo)
samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilovchi asos bo‘lib, shu variantlardan
olingan hosildorlik va ularning sifati bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun
ham tajribaning mazmunidan qat’iy nazar shu ko‘rsatkichlar hisobiga
olinadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan har bir variantdagi 24-30 ta daraxtlardan
kamida 70- 80 foizi kuzatilib keyingina xulosa qilinadi. Hisobga olish
davrida hosildorlik ma’lumotlarini to‘ldirish maqsadida hosilni
shakllanish bosqichlari, daraxtlami (ayniqsa yosh bog‘lar) o‘sish va
mevaga kirish muddatlari, mevalaming shakllanishi hamda ularning
dinamikasi va hakozolar amalga oshiriladi. Bog‘dorchilikdagi olib
boriladigan ilmiy tajribalarda asosan quyidagi kuzatish ishlari olib
boriladi. Shox-shabbalaming kengligi, shakli ikki yo‘nalishdagi
perpendikulyar holatda o‘rganilib tajribaning boshlanishi va oxirida
amalga oshiriladi. Tana aylanasining shox chiqqan joygacha bo‘lgan
o‘rtalikdan o‘lchanadi. Kuzatish boshlanishidan oldin, hisobga
olinadigan hamma daraxtlar o‘lchanadigan o‘rtalik aylanasiga rangli
boyoq bilan bo‘yab qo‘yiladi.
156