Page 157 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 157
Yosh bog‘larda esa uzunasiga va ko‘ndalangiga ikki yo‘nalishda
shtangen sirkul bilan ham olchasa bo‘ladi. Hosilga kirgan daraxtlarda
tananing aylanasi uzunligi metall ruletka yoki millimetrli qog‘oz
bo‘lakchalarda olchanadi.
Ushbu hisobot ishlari tajriba boshlangan vaqtda hamda har yili
kuzda olchanadi va kuzatish ishlari olib boriladi. Yosh ko‘chatlami
mevaga kirguncha shox-shabbalarining o‘sishini hisobga olish ham
kuzatish ishlaridagidek katta mas’uliyat talab qiladi. Bunda shoxlar soni,
shoxlaming jami va u bitta shoxning o‘rtacha uzunligi kabi
ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
Besh yoshgacha bo‘lgan daraxtlarda hisoblash maydonidagi hamma
daraxtlardagi shoxlar o‘lchab, besh yoshdan oshgan, ya’ni eski bog‘lar
ustida dala tajribasi olib boriladigan bog‘larda esa hisobga olish ishlari
daraxtlardagi birinchi tartibli shoxlardan ikkitasi o‘lchanadi. Shox-
shabbasining o‘suvchaniigi daraxtning past tomonidan boshlanib, yuqori
tomonidagi shoxlarga o‘lchanadi. O‘lchash ishlari tomomlanilgandan
keyin shox-shabbalaming turlariga qarab nisbati aniqlanib, foizda
ifodalaniladi va o‘rtacha miqdori bargning soniga qarab ko‘paytirilib
xisoblanadi.
Bunda aniqlanadigan barglar soni kami 100 taga teng bo‘lishi kerak.
Shular bilan bir qatorda ob-havo sharoitdagi keskin o‘zgarishlarni ham
qayd qilib borish kerak. Haroratning keskin ko‘tariiishini, qattiq yoqqan
yomg‘ir va hakozolar, tajriba maydoniga tushgan hashorat va
kasalliklami ham hisoblab turishlari lozim. Tuproq iqlim sharoitini
hisobga olish ham ma‘lumotlami boyitadi.
Nazorat savollari
1. Bog‘dorchilikda dala tajribalari asosan nechi xil muhitda olib
boriladi?
2. Bog‘dorchilikda dala tajribalari olib borish uchun tajriba maydoni
qanday talablarga javob berishi kerak?
3. Yangi tashkil qilingan bog‘larda dala tajribalari o‘tkazishdan
oldin qanday omillarga ahamiyat berish kerak?
157