Page 168 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 168

Ya’ni,  tajribalarda  tadqiqotchi  vigitatsion  tajribalarda  o‘simlik

              uchun qulay bo‘lgan sharoit yarata oladi. Vegitatsion idishlarda tajriba
              o‘tkazish  dala  sharoitida  olib  boriladigan  tajribalardan  shu  jihatdan

              ancha ustunlik qiladi.
                   Biroq  tajriba  o‘tkazuvchi  boshqara  olmaydigan,  tez  o‘zgarib

              turuvchi  tabiy  sharoitlarning  o‘simliklarga  ta’sirini  o‘rganish  jihatdan

              qaraganda  dala  sharoitidagi  tajribalar  vegitatsion  tajribalarga  nisbatan
              avzaldir. Dala sharoitida qo‘yiladigan tajribadan olinadigan ma’lumot va

              xulosalar  bir  necha  yillar  davomida  olib  borilgan  ilmiy  ishlar  yakuni
              bo‘lishi lozim, chunki xar yili iqlim sharoiti o‘zgarib turadi. Lekin ko‘p

              qaytariqli  vegitatsion  tajribalarda  kerakli  bo‘lgan  ma’lumotlar  olish

              uchun bir-ikki yil yetarli bo‘ladi.
                   O‘simliklarni  vegitatsion  tajribalarida  o‘stirish  usullari  dala

              sharoitidan farq qiladi. Shu sababli tabiy sharoit xususiyatlarini xisobga
              olmasdan  turib  tajriba  natijalarini  dala  sharoitiga  ko‘chirish  mumkin

              emas.  Shunga  qaramay  ko‘plab  nazariy  ahamiyatga  bog‘liq  ilmiy
              tadqiqotlar dastlab vegitatsion tajribalarda o‘rganiladi.

                   O‘z  navbatida  vegitatsion  tajribalar  o‘tkazilish  texnikasi  va

              sharoitiga ko‘ra xilma-xil bo‘lishi mumkin. Vegitatsion tajriba sharoitida
              o‘simliklar  tuproqda,  qumda,  shag‘alda  yoki  suvli  muhitda  o‘stirilishi

              mumkin.  Ba’zan  maxsus  tadqiqotlarda  o‘simliklar    suv-qum  yoki  suv
              tuproq muhitida o‘stiriladi.

                   O‘simliklar tuproq sharoitida  o‘stirilib olib boriladigan vegitatsion
              tajribalarning  dala  tajribalaridan  farqi  va  ma’lum  darajada  afzalliklari

              mavjud bo‘lib, ular quydagilardan iborat:

                   1) Tuproqlarning yaxshi aralashtirilishi natijasida barcha sosudlarda
              (idishlarda)  tuproq  deyarli  bir  xil  darajaga  keltiriladi,  natijada  dala

              sharoitida  qaytariqlar  bo‘yicha    ko‘p    uchraydigan  tafovutiga  chek
              qo‘yiladi;

                   2) Tuproqda o‘simlik uchun kerakli bo‘lgan namlikni saqlab turish
              va noqulay iqlim sharoitining ta’sirini bartaraf etish imkoniyati vujudga

              keladi;

                   3) Vegitatsion  tajribalarda  maqbul  sharoitlarning  yaratilishi
              (yorug‘lik, issiqlik, namlik) natijasida o‘simliklar dala sharoitlaridagiga

              nisbatan mineral oziqalardan samaraliroq foydalanadi.

                                                          168
   163   164   165   166   167   168   169   170   171   172   173