Page 176 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 176

ta’minlovchi  trubalar  o‘rnatiladi.  Lizimetrning  yer  osti  qismi  suv

              o‘tishini  va  haroratning  o‘zgarib  turishini  oldini  olishi  uchun  puxta
              izoliyatsiya qilingan bo‘lishi kerak.

                   4. Olib  boriladigan  ilmiy  ishning  maqsadidan  kelib  chiqqan  xolda

              tajribalar  shudgor  qilib  quyilgan  va  turli  ekinlar  bilan  egallangan
              lizimetrlarda  o‘tkazilishi  mumkin.  Ayrim  xollarda  lizimetrlarga  daraxt

              va  buta  ko‘chatlari  ham  ekib  ilmiy  tadqiqotlar  olib  boriladi.  Shuning

              uchun  lizimetrlar  orasidagi  masofa  o‘simliklarni  normal  o‘sib
              rivojlanishi  uchun  belgilangan  sharoitlarga  mos  kelishi  lozim.

              Lizimetrlarga hayvonlar va qushlardan himoyalanish uchun qo‘shimcha

              maxsus jihozlar o‘rnatiladi.
                   5. Lizimetrlarda ilmiy tadqiqotlar olib borilganda atmosfera yog‘ini

              miqdorini  hisobga  olish,  ya’ni  uchyot  o‘tkazish  muhim  jarayon

              hisolanadi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda  lizimetrik  tadqiqotlar  olib
              boriladigan joy yog‘in to‘plovchi uskuna, ya’ni “dojdimer” o‘rnatiladi.

                   6. Ayrim  xollarda  katta  xajmdagi  namlikni  tashishda  vujudga

              keladigan  noqulayliklarni  oldini  olish  hamda  eksprimentlarni  tez  va
              sifatli  o‘tishini  ta’minlash  uchun  lizimetrlar  laboratoriyalarga  yaqin

              joylarga quriladi.
                   Ayrim  lizimetrlarni  bir-biridan  farqlantiradigan  asosiy  belgilarga

              ularni  tuproq  va  jinslar  bilan  to‘ldirish  usullari  bilan  belgilanadi.  Bu

              belgilarga ko‘ra ular ikkita asosiy toifaga bo‘linadi:
                   1) Tabiy tuzilishga ega tuproq va jinslar bilan to‘ldirilgan lizimtrlar

                   2) Tuproq uyumi bilan to‘ldirilgan lizimetrlar

                   Konstruksion  tuzilishga  ko‘ra  lizimetrlar  quydagi  guruhlarga
              bo‘linadi:

                   1) Beton yoki g‘ishtli
                   2) Metalli yeki qisman ruxli

                   3) Varonkasimon lizimetrlar

                   Lizimetrlar  o‘z  konstruksiyasi  va  tuzilishiga  ko‘ra  tuproqsiz,
              tuproqli, hamda pastki shag‘alli qatlamlardan iborat bo‘ladi. Shuningdek

              pastki  qismida  suv  o‘tkazuvchi  turubalar  joylashtiriladi.  Bunday

              lizimitrlarda  xar  qanday  melioratsiyaga  oid  tajribalarni  olib  borish
              mumkin.


                                                          176
   171   172   173   174   175   176   177   178   179   180   181