Page 175 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 175
belgilangan qatlamidan sizib o‘tishini aniqlash imkonini beruvchi
jihozlarning mavjudligidir. Ammo, lizimetrik tadqiqotlar o‘z
xususiyatlariga ko‘ra ko‘pincha suniy laboratoriya sharoitida ham olib
boriladi.
Lizimetrlar konstruktsiyasi qator qushimcha detallar bilan
jihozlangan tuproqdagi gaz qatlamini holatini ham o‘rganish imkoniyati
bo‘ladi.
Lizimetrlarda tuproqning tabiy sharoitiga yaqin bo‘lgan muhit
yaratish imkoniyatlari mavjud. Unda tuproqning haydalama qatlamini
tadqiqot oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan holda turlicha 20-25
va 30-35 sm qilib belgilash mumkin. 14- rasm
14- rasm. Lizimetrlarning tuzilishi
Lizimetrlar va ularga biriktirilgan jihozlar bir qancha talablarga
javob berishi lozim:
1. Tabiy iqlim sharoitiga yaqin bo‘lgan muhitda kuzatishlar olib
borish imkoniyati ta’minlanishi kerak.
2. Odatda tadqiqotlarni qiyaslash yoki tajribani ma’lum bir tizimda
quyilishi uchun bir qancha lizimetrlar mavjud bo‘lishi kerak. Shunga
ko‘ra lizimetrlar guruhlar bo‘icha, ko‘pincha belgilangan oraliqda ikki
qator qilib joylashtiriladi.
3. Sizib kelayotgan suvlarni to‘plash uchun avval drenaj, so‘ngra
suvlarni to‘plash hamda maxsus suv to‘plovchi xavzalarga o‘tishini
175