Page 139 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 139

Birinchi davrda  g‘o‘za xali nozik bo‘lib, ildizi atrofida ko‘proq fosfor

              bo‘lishini  talab  qiladi,  ikkinchi  davrda  esa  o‘simlik  fosforni  eng  ko‘p
              o‘zlashtiradi.

                   Fosforli o‘g‘itlarni g‘o‘zaning rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini

              o‘rganish bo‘yicha juda ko‘p vegetasion va dala tajribalari o‘tkazilgan.
              Shunday tajribalarning birida turli me’yordagi fosforning g‘o‘zani o‘sib-

              rivojlanishiga ta’siri o‘rganilgan. Gektariga 200 kg azot (fon) berilgan

              paxta maydonida fosfor 50, 100, 150 va 200 kg/ga miqdorlarda berilgan.
              Fosfor  me’yori  gektariga  150-200  kg  bo‘lgan  variantlarda  paxta

              hosildorligi  ham  yuqori  bo‘lib  34,4-34,8  s  ni  tashkil  qilgan.

              O‘simlikning rivojlanishi, ko‘saklarning to‘planishi va ochilishi hamda
              yana qator omillar hisobga olinganda, gektariga 150 kg fosfor berilganda

              eng yaxshi samara olingan  (23-jadval).

                                                                                               23-jadval
                    Yilliko‘g‘it             Boshpoyaning              Ko‘saklarsoni,         Paxtahosili,
                  meyori, kg/ga                bo‘yi, sm                     dona                 s/ga
                  N           P 2O 5       1.VII        1.VIII        1.VIII        1.IX
                 200            0           32,6         59,0          8,8           6,6          27,3
                 200           50           34,6         68,4          6,5           8,6          31,6
                 200           100          41,5         79,5          7,9          10,5          33,3

                 200           150          44,4         80,8          9,0          10,3          34,4
                 200           200          44,4         82,8          9,3          10,5          34,8

                   O‘zPITI va boshqa ilmiy muassasalarda o‘tkazilgan dala tajribalari

              ham  gektariga  200  kg  azot  berish  tavsiya  qilinganda,  fosfor  miqdori
              140-150 kg/ga ni tashkil qilishi (N:P1:0,7) lozimligi ko‘rsatgan. Lekin

              bu  nisbat  tuproqning  agrokimyoviy  xaritanomasi  ma‘lumotlari  asosida

              oshirilish yoki kamaytirilishi mumkin.
                   Ma‘lumki,  g‘o‘zaning  ildiz  tizimi  rivojlanib  amal  davrining  turli

              davrlarida  tuproqning  turli  qatlamlariga  qo‘llash  muddatlariga  aniqlik

              kiritishni  taqozo  qiladi.  Respublikamizning  yetakchi  agrokimyogar
              olimlari o‘tkazilgan ko‘p sonli tajribalarning natijalarini umumlashtirib,

              fosfor  yillik  meyorining  asosiy  qismini  kuzgi  shudgor  oldidan  berish

              lozimligini  tasdiqlangan.  Yillik  fosfor  meyorining  25  foizga  yaqinini
              ekish oldidan tuproqqa solish yaxshi samara berishi isbotlangan. Agar

              fosforli  o‘g‘it  meyori  kam  bo‘lsa,  uning  hammasi  (100  foiz)  kuzgi

                                                          139
   134   135   136   137   138   139   140   141   142   143   144