Page 88 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 88
DONLI EKINLARDA ILMIY TADQIQOTLAR OLIB BORISH
Donchilik respublikamizda qishloq xo‘jaligining asosiy
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Donli ekinlar o‘zining ahamiyati,
foydalanish ko‘lami va tarqalishi jixatidan qishloq xo‘jaligi ekinlari
orasida etakchi hisoblanadi. Donli ekinlar eng avvalo oziq ovqat
hisobida, shuningdek chorva ozuqasi va texnik maqsadlarda ekib
etishtiriladi
O‘zining qulay tuproq iqlimi, tabiiy resurslariga ko‘ra O‘zbekiston
qishloq xo‘jaligida g‘allachilikni rivojlantirish uchun barcha shart -
sharoitlar mavjud. Axolining don va don maxsulotlariga bo‘lgan
extiyojini tolaroq qondirish, bugungi davrda eng dolzarb vazifalardan
biri hisoblanadi.
Donli ekinlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra asosiy don ekinlari,
tariqsimon don ekinlari va dukkakli don ekinlariga bo‘linadi. Asosiy don
ekinlariga : bug‘doy, arpa, javdar, suli singari g‘alladon ekinlari kiradi.
Asosiy don ekinlari sovuqqa va qishga nisbatan chidamli bo‘lib namga
talabchan bo‘ladi. Bu ekinlar biologik xususiyatlariga ko‘ra uzun kun
ekinlari bo‘lib kuzgi va baxorgi nav va duragaylari mavjud. Tariqsimon
don ekinlariga: makkajo‘xori, oqjo‘xori, sholi va tariq kiradi. Dukkakli
don ekinlariga esa: soya, loviya, ko‘k no‘xot, maxalliy no‘xot, mosh,
burchoq, bargak, yasmiq singari ekinlar kiradi.Tariqsimon don ekinlari
biologik xususiyatlariga ko‘ra qisqa kun ekinlari bo‘lib, faqat bahorgi
nav va duragaylari mavjud, issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamli
(sholidan tashqari.). Donli ekinlar bilan ilmiy tadqiqotlar olib borishda
eng avvalo tajribaning maqsad va vazifalari, ekin turi, nav xususiyati
hisobga olinadi. Dukkakli don ekinlaridan ko‘k no‘xat, burchoq, bargak,
yasmiq o‘simliklari biologik xususiyatlariga ko‘ra uzun kun ekinlari,
soya, loviya, mosh (maxalliy no‘xot) o‘simliklari biologik
xususiyatlariga ko‘ra qisqa kun ekinlari hisoblanadi.
Kuzgi bug‘doy g‘alla don ekinlari ichida eng keng tarqalgan
ekinlardan biri. Bug‘doy doni non va non maxsulotlari tayyorlashda,
makaron, vermeshil va qandolat maxsulotlari tayyorlashda keng
qo‘llaniladi. Boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari singari kuzgi bug‘doy
88