Page 86 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 86
uzatiladigan g‘ildiragi 10 marotaba aylantirilib, o‘g‘it o‘tkazgichlarga
esa xaltachalar osilib chiqiladi.
O‘M=N x 2 x B x G x P x
T/10000=147x2x3.14x0.8x10x3.6/10000=2.392 kg
Bu miqdor jami o‘g‘it o‘tkazgichlardan tushadigan o‘g‘it miqdori
bo‘lib, bitta o‘g‘it o‘tkazgichdan tushadigan o‘g‘it miqdorini aniqlash
uchun bu ko‘rsatkichni jami o‘g‘it o‘tkazgichlar soniga bo‘lish kerak.
O‘g‘it o‘tkazgichlar soni to‘rtta bo‘lsa 2,392 kg:4=0.598–0,600 kg=600
kg ni tashkil etadi. Demak, traktor g‘ildiragini ko‘tarib 10 marotaba
aylantirilganda har bir o‘g‘it o‘tkazgichdan 600 gr dan ammiakli selitra
tushsa, u holda har gektar maydonga 50 kg dan sof holda azot tushadi.
Dala tajribalarida o‘g‘itlagich moslamalarini yanada soddaroq usul
bilan ham sozlash mumkin. T-28x4 traktorini g‘ildirak aylanishining
uzunligi 4,5 metr bo‘lib, 10 marotaba aylantirilganda 45 metr masofani
bosib o‘tadi. Ekinlarning qator orasi 90 sm bo‘lganda 4 ta qatorning
kengligi 3,6 metrni tashkil etadi. Traktor g‘ildiragi 10 marotaba
2
aylanganda o‘g‘it solinadigan maydon 45x3,6 m =162 m ga teng
bo‘ladi. Ma’lumki, yuqoridagi misolimizdek, har gektar maydonga sof
xolda 50 kg azotdan solish uchun mavjud bo‘lgan ammiakli selitradan
2
147 kg solish kerak. Demak, 1 ga (10000 m ) ga 147 kg ammiakli selitra
2
solinsa, 162 m ga qancha solinishi kerakligini aniqlab chiqamiz.
2
10000 m -147 kg
2
162 m -x
x=162x147/10000=2,390:4 kg=600 gr
Agar o‘g‘it o‘tkazgichlar soni 4 bo‘lsa, har bir o‘g‘it o‘tkazgichdan
tushishi kerak bo‘lgan o‘g‘it miqdorini aniqlaymiz: 2,390:4 kg = 0,598
kg = 600 gr ni tashkil etadi. Har bir o‘g‘it o‘tkazgichga xaltachalar osilib
qo‘yiladi va traktor g‘ildiragi 10 marotaba aylantirilib, tushayotgan
o‘g‘it miqdorini 600 gr gacha keltiriladi. Traktor g‘ildiragi aylanishining
uzunligi, o‘g‘it turi va miqdorlari har xil bo‘lishi mumkin, lekin
hisoblashlar shu usul bilan amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
86