Page 85 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 85
hil kenglikda (60 va 90 sm) ekilmoqda. O‘g‘itni variantlarga hisob-kitob
qilishda uning maydoni asosiy ko‘rsatkich bo‘lganligi uchun qator
oralig‘i ham muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin o‘g‘itlagich
moslamasini sozlashda, har gektar maydonga tashishi kerak bo‘lgan
mineral o‘g‘it hisobida sozlanadi.
Agar g‘o‘zani birinchi oziqlantirish davrida bir gektar maydonga 50
kg dan azot berish kerak bo‘lsa va xo‘jalik tarkibida sof holatda 34%
azot saqlagan ammiakli selitra (NH4NO3) mavjud bo‘lsa, u holda
o‘g‘itlagich moslamasi quydagicha sozlanadi.
100-34 kg
x-50 kg
x=100x50/34=147 kg
Demak, har gektar maydonga sof holda 50 kg dan azot berish uchun
147 kg ammiakli selitradan berish kerak. Har gektar maydonga
beriladigan fizik tuk holdani o‘g‘it aniq bo‘lgandan keyin, traktor
g‘ildiragini qancha marotaba aylantirganda tushishi kerak bo‘ladigan
o‘g‘it miqdorini aniqdash kerak. Ushbu miqdor ikki xil usul bilan
aniqlanishi mumkin. Tushayotgan mineral o‘g‘it miqdorini yanada
aniqroq tushishini ta‘minlash uchun traktor g‘ildiragi 10 marotaba
aylantirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Traktor g‘ildiragi 10 marotaba
aylantirilganda har bir o‘g‘it o‘tkazgichdan tushishi kerak bo‘lgan o‘g‘it
miqdori quydagi formula bilan aniqlanadi.
O‘M=N x 2 x B x G x P x T/10000;
Bunda: O‘M – har gektar maydonga tushishi kerak bo‘lgan o‘g‘it
miqdori, kg/ga.
N – har bir o‘g‘it o‘tkazgichdan tushishi kerak bo‘lgan o‘g‘it
miqdori, g
P –aylanishlar soni
G – g‘ildirak radyusi, m
T –o‘g‘itlagichning qamrash kengligi
B – aylana uzunligining diametrga nisbati 3,14
Shu forrmula asosida har bir o‘g‘it o‘tkazgichdan tushishi kerak
bo‘lgano‘g‘it miqdori aniqlanadi. Buning uchun traktorning harakati
85