Page 80 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 80
ostidagi qatlamida ham ozuqa moddalar miqdorining ortib ketishi va shu
qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlarning tuproqning pastki qismlariga ham
o‘tishini hisobga olib, tuproq namunasi kamida 1 metrgacha aniqlansa,
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Olingan tuproq namunalari tarkibidagi
gumus, nitrat, ammiak, umumiy azot, harakatchan fosfor va
almashinuvchi kaliy miqdorlari aniqlanadi. Tajribaning maqsadiga
qarab, tuproq tarkibidagi boshqa kimyoviy elementlar (kalsiy, natriy,
umumiy fosfor, kaliy va boshqalar), sho‘rlanishga moyil tuproqlarda esa
qoldiq, sulfat va xlor anionlari ham aniqlanishi mumkin.
Dala sharoitida o‘tkaziladigan tajribalarni nitrat, ammiak va fosfor
rejimlari ustida agrokimyo kuzatish ishlari bilan bog‘liq ravishda olib
borish kerak.
Bu kabi kuzatishlarni o‘simlikning rivojlanishidagi ma’lum davrga,
g‘o‘za uchun, ekish davriga, 2-4 chin barg chiqarish davriga, shonalash,
gullash, hosil tugish va pishish davirlariga belgilash kerak. G‘alla-don
ekinlarida, ya’ni barglarda to‘planish, naychalash, boshoq chiqarish,
gullash va pishish fazalariga bo‘linadi. Ma’danli o‘g‘itlarni yillik
me’yorini taqsimlanishida xam shu vegitatsiya fazalarida o‘simliklarni
qaysi ozuqa elementlariga talabi yuqoriligi hisobga olinadi.
Dala tajribalarida mineral o‘g‘itlarning yillik me’yori va ularni
taqsimlashdan boshqa tajribalarda ya’ni qo‘llanilayotgan mineral
o‘g‘itlarning turlari va qo‘llash chuqurliklari o‘rganiladigan bo‘lsa, u
holda ma’lum turdagi o‘g‘itlar va ularning qo‘llash chuqurligi alohida
variantlarda o‘rganiladi. Qolgan turdagi tajribalarda qo‘llanilayotgan
ma’danli o‘g‘itlar va ularning chuqurligi bir xilda qo‘llaniladi.
Qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlarning turiga qarab, ularning fizik tuk
xolatdagi me’yori ishlab chiqiladi hamda xujjatlarga batafsil yezib
boriladi. Mineral o‘g‘itlarni qo‘llash texnikasi, ya’ni solish chuqurligi va
himoya kengligi ekinlarning ekish sxemasiga bog‘liqdir.
G‘o‘zaning qator oralig‘i 60 sm bo‘lganda, birinchi oziqlantirishni
qatordan 8-10 sm qochirib egat tubidan 3 sm chuqurlikka berish
mumkin. Qolgan oziqlantirishda esa egat o‘rtasiga egat tubidan 3-5 sm
chuqurlikka berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qator orasi 90 sm
80