Page 79 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 79
Masalan azotli o‘g‘itlar qo‘llanilganda bu quydagicha bo‘ladi:
1 - variant ( nazorat) o‘g‘itsiz
2 – variant N - 50 kg/ga
3 – variant N - 100 kg/ga
4 – variant N - 150 kg/ga
5 - variant N - 200 kg/ga
6 - variant N - 250 kg/ga
Tajriba stansiyasi sharoitida yerga o‘g‘it solib, o‘tkaziladigan dala
tajribasini 8-10 variantda o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi, lekin
xshjaliklarda, ishlab chiqarish sharoitida esa ko‘pi bilan 2-3 variantda
bajarilsa yaxshi natijaga erishish mumkin.
Biroq tajriba dalasining umumiy maydoni 10 gektardan oshmasligi
kerak. Kichik maydondagi va xususan kompleks ravishda o‘tkaziladigan
tajribalarda paykal yuzasida 50 dan 100 kvadrat metirgacha olishga
ruhsat etiladi, ammo bu yerdagi hamma ishlarni mexanizimlar bilan
o‘tkazish imkoni bo‘lishi kerak. Kichik maydonlarda o‘tkaziladigan
tajribalarda qaytariqlar sonini (r) 6 tagacha va undan ham ko‘roqga
oshirish, katta maydondagi tajribalarda aksincha ikki martaga qadar
kamaytirish mumkin.
Dala tajribasini qo‘yish uchun dastlabki tuproq namunalari, hamma
variant va qaytariqlardan 1 metrgacha (ayniqsa azot bilan bog‘liq
tajribalarda) olinib, hamma ozuqa elementlari aniqlansa ma’lumotlar
yanada to‘liq bo‘ladi. Ko‘rsatkichlarni solishtirish oson bo‘ladi.
Mineral o‘g‘itlar bilan bog‘liq bo‘lgan dala tajribalarida umuman
o‘g‘it berilmasdan o‘tkaziladigan, nazorat qilinadigan variant bo‘lib
qolgan variantlardan olingan ma’lumotlar shu variant ma’lumotlari bilan
solishtiriladi. Ba’zi xollarda tajribadan olingan ma’lumotlarni uzoq yillar
davomida o‘g‘it berilmasdan kelayotgan mutloq nazorat variantlar bilan
solishtirilsa, ma’lumotlar yanada mazmunli va qimmatli bo‘ladi.
O‘g‘it qo‘llab olib borilayotgan tajribalarda asosiy mezon
hisoblangan mineral o‘g‘itlarni tuproq muhitiga va o‘simliklarga ta’siri
o‘rganilganligi uchun, tajriba qo‘yishdan oldin, maydon bir necha
bo‘laklarga tahminan bo‘linib, kamida 15-20 joydan bir xil qatlamlardan
tuproq namunalari olinib, analiz qilinadi. Hozirda, tuproqning haydov
79