Page 75 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 75

780 – 100 %

                                                       x - 10%
                                                                       3
                             x=       =78 % ga 780+78=858 m  ga teng bo‘ladi.

                   Sug‘orish bilan bog‘liq bo‘lgan dala tajribalarida sug‘orish me’yori
              aniqlangandan  keyin  suv  sarfi  har  xil  o‘lchagichlar  (vodomer)  bilan

              o‘lchab boriladi. Dala tajribalarining o‘tkazish sharoitida va mazmuniga

              qarab  asosan  Chippoleti  va  Tomsson,  Ivanovlar  tomonidan  ishlab
              chiqarilgan  suv  o‘lchagichlardan  foydalaniladi.  Chippoletti  suv

              o‘lchagichning  soddaligi  ham  sug‘orish  me’yorining  kattaligiga  va

              variantlarning  soniga  qarab  ostonasi  25,  50,  75,  100  sm  lik  qilib
              tayyorlanganlaridan foydalaniladi.

                   Suv  o‘lchagichlarni  to‘g‘ri  ishlashiga  erishish  uchun  uni
              o‘rnatganda quydagi shart - sharoitlarga e’tibor berish lozim.

                   a)  ariqning  suv  o‘lchagich  o‘rnatiladigan  joyining  suv  o‘lchagich

              yuqori  va  past  tomonlaridan  3-5  m  uzunlikdagi  qismi  to‘g‘ri,  tekis
              bo‘lishi kerak.

                   b) suv o‘lchagich ariqning devoriga nisbatan ko‘ndalang o‘rnatiladi.

              Uning  ostonasi  gorizontal  xolatda,  devorlari  esa  tik  holatda  tushishi
              shart.

                   v)  suv  o‘lchagichning  ostonasi  ariqning  suv  keladigan  tomoning
              tagidan 15 - 20 sm balandroq qilib o‘rnatilishi kerak, toki suv ostonadan

              oshib  o‘tganda  suv  oqishi  bilan  o‘lchagichning  devorchasi  orasida

              bo‘shliq hosil bo‘lsin.
                   g) suv o‘lchagich suv sekin 0,2 sm/sekunt tezlikda oqib o‘tishi va

              ostonadan  o‘tgandan  keyin  to‘lqinlanmay  tinch  holatda  oqib  tushishi

              kerak.  Buning  uchun  vodoslivdan  yuqoriroqda  suvning  oqish  tezligini
              susaytirmasdan  hovuzcha  qazish  kerak.  Hovuzchaning  eni  1-  1,5  m,

              bo‘yi 3 - 4 m, chuqurligi 0,6 – 0,7 m bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

                   d)  suv  o‘lchagich  ostonasidan  oqib  tushayotgan  suv  qatlamining
              qalinligi,  suv  o‘lchagich  ostonasi  kengligining  uchdan  bir  qismidan

              oshiq  va  o‘ndan  bir  qismidan  kichik  bo‘lishi  kerak.  Oqimning  siqish

              kuchi suv o‘lchagich yoniga o‘rnatilgan jadvalga qarab belgilanadi.
                   Tajriba  maydoni  kichik  bo‘lib,  variantlarning  hammasida  bir  xil

              agrotexnika  qo‘llaniladigan  bo‘lsa,  suv  sarfi  odatda  maydonning  bosh

                                                           75
   70   71   72   73   74   75   76   77   78   79   80