Page 72 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 72

Ammo  ilgaridan  belgilab  qo‘yilgan  muddatlarga  ko‘ra  sxema

              bo‘yicha  sug‘orish  vaqti  yilning  konkret  sharoitini,  tuproqning
              xususiyatini,  o‘simliklarning  rivojlanish  fazalarini  aniq  hisobga  olib

              borish imkoniyati bo‘lmaydi. Shu sababli o‘simliklarning talabiga, ya’ni

              tuproqning namlik va o‘simlikning holatiga qarab sug‘orish  muddatini
              belgilash juda ham to‘g‘ri hisoblanadi.

                   Sug‘orish  muddatini  to‘g‘ri  va  aniq  belgilashda  eng  yaxshi  usul

              bo‘lib, bu tuproq tarkibidagi namlikni hisobga olishdan iboratdir.
                   Tuproq  nami  shartli  ravishda  ikki  qismdan  iborat  bo‘lib,  bular

              quydagilardan iborat.

                   - o‘simlik o‘zlashtira oladigan
                   - o‘simlik o‘zlashtira olmaydigan (o‘lik suv)

                   Tuproqning  tarkibidagi  o‘simlik  o‘zlashtira  oladigan  namlik

              miqdori nisbatan tuproq namligining o‘z qismini tashkil etadi. Tuproqda
              namlik  qancha  ko‘p  bo‘lsa,  suvning  harakat  tezligi  ham  shuncha  tez

              boradi va o‘simliklarga shu qadar tez yetib boradi. Tuproqning namligi

              kamayib  borganda,  o‘simlik  xujayralari  tarkibidagi  suv  miqdori  ham
              shunga  mos  xolatda  kamayadi,  o‘simlik  xujayra  shirasining

              konsentratsiyasi  ortib  ketadi.  Bunda  o‘simlik  barglari  qoramtir  bo‘lib
              qoladi. Kunduz kuni sulib turadi, shona va tugunchalar to‘kilib ketadi.

              O‘simlikda kechadigan bir qator fiziologik jarayonlar buzula boshlaydi

              va nihoyat hosilni ham kamayishiga olib keladi.
                   Tuproq  sug‘orilgan  vaqitda  suv  tuproqning  ma’lum  joyiga  qadar

              yetib  boradi  va  bu  hol  sug‘orish  normasiga  bog‘liq  bo‘lmasdan,

              tuproqning turlicha bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Tuproqning eng pastki
              qavatida  bo‘lgan  namlikning  qanchaligi  ham  dalaning  nam  sig‘imiga

              qarab  foiz  bilan  belgilanadi.  Tuproqning  yuqorigi  va  pastki  qatlami
              o‘rtasidagi namlikning tafovuti g‘o‘zaning ikki martda sug‘orish orasida

              bo‘lgan talabi fiziologik me’yordan iboratdir.

                   Sug‘orishdan  ilgari  tuproqdagi  shu  namlikning  foiz  bilan
              ifodalangani  quyi  chegarasini  topish  g‘o‘zani  yerning  namiga  qarab

              sug‘orish  tajribaning  muhim  vazifasidir.    Mana  shu  kabi  tajribalarda

              sug‘orish muddati va normasiga nisbatan, shu tuproqning nam sig‘imiga
              nisbatan uning namlik foizi olg‘a suriladi.


                                                           72
   67   68   69   70   71   72   73   74   75   76   77