Page 67 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 67

bo‘lib, har bir nusxametr va etalonlar bir  - biridan kattaligi bilan farq

              qiladi. Nusxametrlar shisha tagiga qo‘yiladi. So‘ngra yulib olingan bir
              tup  qog‘ozning  barg  shakli  va  yirik  maydaligi  bo‘yicha  nusxametrga

              solishtirib  o‘lchanadi.  Keyin  har  qaysi  guruhdagi  barglar  soni  sanalib,

              sathga ko‘paytiriladi. Har bir bargning barg sathi yuzasining yig‘indisini
              olib, har bir tup g‘o‘zaning jami barglarining sathi aniqlanadi.

                   Bir  gektar  maydondagi  g‘o‘za  barglarining  umumiy  barg  sathini

              aniqlash  uchun  15  tup  o‘simlikning  o‘rtacha  barg  yuzasi  aniqlanadi.
              Barg  yuzasining  o‘rtacha  ko‘rsatkichi  g‘o‘za  tuplarining  qalinligiga

                                                                                                         2
              ko‘paytiriladi. Masalan. Bir tup g‘o‘za bargining o‘rtacha sathi 620 sm ,
              bir gektar maydondagi o‘simlik soni 100000 tup g‘o‘za bo‘lsa, bir gektar
                                                                           2
                                                                                                  2
              maydondagi  umumiy  barg  sathi  62000000  sm   ga  (62  ming  m )  teng
              bo‘ladi.


                                                   Nazorat savollari:

                   1.  O‘simliklarning  barg  sathini  aniqlashning  qanday  usullari

              mavjud?
                   2.  Xo‘l  xolatdagi  doirchalarning  og‘irligi  torozida  necha    %

              aniqlikda tortiladi?
                   3.  Makkajo‘xori,  oqjo‘xori    o‘simliklarning  barg  sathi  qanday

              aniqlanadi?

                   4.  Barglarni  tasvirga  olib  barg  sathini  aniqlash  usulini  boshqa
              usuliardan farqi?

                   5.  Barg  sathini aniqlashni qanday usullarini bilasiz?

                   6.  Bir gektar maydondagi g‘o‘za barglarining umumiy barg sathini
              aniqlash  uchun  necha  dona    tup  o‘simlikning  o‘rtacha  barg  yuzasi

              aniqlanadi?

















                                                           67
   62   63   64   65   66   67   68   69   70   71   72