Page 62 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 62

2. O‘rganilayotgan  o‘simlik  yoki  tuproq  namunalari  qaysi

              maydondan olinishi va nimasi bilan ajralib turishi kerak?
                   3. Rivojlanishning          dastlabki       fazalarida       nechta      o‘simlikdan

              namunalar olinadi?
                   4. Eksperimentlar  o‘zining  mazmuni,  yo‘nalishi,  o‘rganilayotgan

              ob’ektga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

                   5. Laboratoriya eksperimentlarini sanab bering
                   6. Agrokimyoviy va tuproqshunoslik bilan bog‘liq eksperimentlarda

              nimalar aniqlanadi?
                   7. Melioratsiyaga oid tajribalarda  nimalar aniqlanadi?

                   8. Fiziologik,  biokimyoviy,    urug‘shunoslikka  oid  tajribalarda

              nimalar aniqlanadi?


                      TAJRIBA OLIB BORISHDA TUPROQ VA O‘SIMLIK
                           NAMUNALARINI OLISH VA TAHLIL QILISH



                   Tajriba  olib  borishda  tajriba  uchun  yer  tayyorlash  eng  muhim  va
              mas’uliyatli  tadbirlardan  biri  hisoblanadi.Tajriba  dalasi  bir  qator

              talablarga javob berishi lozim. Bu talablarga: tajriba dalasining tipikligi,

              agroximik,  agrofizik,  meliorativ  xususiyatlarining  bir  xilligi,  bir  xil
              o‘tmishdosh  ekinlardan  keyin  ekilishi,  sizot  suvlarining  joylashishi,

              relefi bir xil bo‘lishi lozim. Tuproq xossalarini o‘rganish uchun tajriba
              dalasining  turli  joylarida  konvert  usulida  beshta  joydan,  ikkita

              qatlamdan  (xaydalma  va  xaydalma  osti)  jami  10  tuproq  namunalari

              olinadi.  Olingan  tuproq  namunalari  asosida  tuproqning  agrofizik,
              agrokimyoviy va meliorativ xossalari aniqlanadi. Tajriba olib borishda

              va  dala  tanlashda  shunngdek  dalaning  kattaligi  va  tuzilishiga  e’tibor

              berilishi  lizim.  Ya’ni,  bunda  barcha  variant  va  qaytariqlami  dalaga
              jaylashtirilishi hisobga olinadi.

                   Masalan ekish meyori 3, 3,5, 4, 4,5, 5, 5,5, 6 mln.ga bo‘lgan 7 ta

              variantdan iborat dala tajribasi uchun yer tanlashimiz lozim. Tajribada
                                                            2
              har bir variantning maydoni 100 m  , ya’ni eni 3.6 metr, uzunligi 27,8
              metrdan iborat. Tajriba 4 ta qaytariqda olib borilsa va barcha qaytariqlar

              bir yarusda joylashtirilsa, tajriba uchun quyidagicha dala maydoni ta’lab


                                                           62
   57   58   59   60   61   62   63   64   65   66   67