Page 57 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 57
3 I
II
III
IV
10-rasm. Qaytariqlarni joylashtirsh: 1-yarusda joylashtirish; 2-
yarusda joylashtirish; 3-ko‘p yarusli joylashtirish.
Tajriba maydonlarining katta kichikligi, uzun yoki qisqa bo‘lib,
tuproq unumdorligi bir xil bo‘lsa qaytariqlar bir yarusga joylashtiriladi.
Tajriba maydoni uzun bo‘lib, kengligi katta bo‘lmagan dalalarda
qaytariqlar ikki yoki ko‘p yarusga joylashtiriladi.
Tajribada qaytariqlar ko‘p yarusga joylashtirilganda asosiy e’tibor
ilmiy ishning mavzusiga va o‘rganilayotgan variantlarga qaratiladi.
Tuproqqa xar xil ishlov berish usullari o‘rganilganda traktorlarning oson
burilishi uchun yaruslar o‘rtasida qamrov kengligi o‘lchamida ma‘lum
masofa ajratiladi.
Shuningdek, bir xil variantlar bir qatorda turib qolmasligi kerak.
Birinchi yarusdagi birinchi variantga keyingi yarusdagi birinchidan
boshqa variantlar joylashtirilishi lozim.
Ko‘p yarusli dala tajribalarida, tajriba maydonining uzunligiga,
qiyalik darajasiga va tuproq unumdorligiga katta ahamiyat berish
maqsadga muvofiq.
Nazorat savollari
1. Variantlarni joylashtirishda eng avvalo qaysi elementlar hisobga
olinadi?
2. Dala tajribasi olib borishda asosan variantlarni qanday
joylashtirishtiriladi?
3. Variantlarni joylashtirishning standart usulini izohlab bering?
4. Variantlarni standart joylashtirish ko‘proq qaysi yo‘nlishga
bog‘liq bo‘lgan tajribalarda qo‘llaniladi?
5. Standart usulida har bir variant o‘ziga yaqin bo‘lgan kontrol
variant bilan taqqoslanishini sababi nimada?
6. Dala tajribalarida variantlarni joylashtirish bo‘yicha eng keng
tarqalgan usul?
7. Variantlarning ketma ketligi qaytariqlar bo‘yicha surilishi qaysi
usulda qo‘llaniladi?
57